أَفَمَنِ ٱتَّبَعَ رِضْوَٰنَ ٱللَّهِ كَمَنۢ بَآءَ بِسَخَطٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning roziligini izlagan odam Allohning g`azabiga duchor bo`lgan va borar joyi jahannam bo`lgan odamga o`xsharmidi! Va u qanday ham yomon joy!Аллоҳнинг розилигини излаган одам Аллоҳнинг ғазабига дучор бўлган ва борар жойи жаҳаннам бўлган одамга ўхшармиди! Ва у қандай ҳам ёмон жой!Alauddin Mansour: Allohning rizoligini istagan kishi, Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan, borar joyi jahannam boʻlgan kimsa kabi boʻladimi?! Naqadar yomon oqibat bu!Аллоҳнинг ризолигини истаган киши, Аллоҳнинг ғазабига дучор бўлган, борар жойи жаҳаннам бўлган кимса каби бўладими?! Нақадар ёмон оқибат бу!
Oʻljani yashirib xiyonat qilishdek yomon odatni qoralagan oyatdan keyin kelgan bu oyati karima Allohning roziligini istagan odam bilan uning gʻazabiga duchor boʻlgan odamning hech qachon barobar boʻlmasliklarini taʼkidlamoqda. Ushbu taʼkidlashni Qurʼoni Karim ajoyib uslub ila bayon qilmoqda, savol tariqasida oʻrtaga tashlamoqda:
«Allohning roziligini izlagan odam Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan va borar joyi jahannam boʻlgan odamga oʻxsharmidi?!»
Ushbu Qurʼoniy savolga boʻladigan javob bitta. Boshqa javob boʻlishi mumkin emas. Albatta, Allohning roziligini izlagan odam Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan va borar joyi jahannam boʻlgan odamga oʻxshamaydi. Allohning roziligini izlagan odamning borar joyi jannati naʼiymdir. Allohning gʻazabiga duchor boʻlganning borar joyi esa, oyati karimada aytilganidek, jahannamdir.
«Va u qanday ham yomon joy!»
Ha,