أَوَلَمَّآ أَصَـٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَدْ أَصَبْتُم مِّثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّىٰ هَـٰذَا ۖ قُلْ هُوَ مِنْ عِندِ أَنفُسِكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, o`zingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu o`zingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.Сен: «Сизга мусийбат етган пайтда, ҳолбуки, ўзингиз ҳам икки бараварини етказган эдингиз, бу қаердан, дейсизми?! Бу ўзингизнинг ҳузурингиздан!» деб айт. Албатта, Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), agar sizlarga (Uhudda dushman tomonidan) bir musibat yetsa — holbuki, sizlar (Badr jangida) unga ikki barobar musibat yetkazgan edingiz — «Bu balo qaydan keldi?», deysizlarmi?! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularga: «Bu musibat — magʻlubiyat oʻz qilmishlaringizdan», deb ayting! Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.(Эй мўминлар), агар сизларга (Уҳудда душман томонидан) бир мусибат етса — ҳолбуки, сизлар (Бадр жангида) унга икки баробар мусибат етказган эдингиз — «Бу бало қайдан келди?», дейсизларми?! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларга: «Бу мусибат — мағлубият ўз қилмишларингиздан», деб айтинг! Албатта, Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.
Musulmonlar oʻzlariga Uhud urushida musiybat yetganidan dahshatga tushdilar. Musulmon boʻla turib, Allohning yoʻlida jihod qila turib, nima sababdan bunday musiybatga uchradilar? Axir, ulardan yetmish kishi shahid boʻldi-ya?! Qanchalari yaralandilar. Qancha dard-alam yetdi. Lekin magʻlubiyat, musiybat alamidan bir narsani unutib qoʻydilarki, oʻzlari ham dushmanga ikki barobar koʻp musiybat yetkazgan edilar.
«holbuki, oʻzingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz...»
Badr urushida Qurayshning yetmish nafar boshliqlarini oʻldirgan edilar-ku. Uhudda ham yana yetmishtasini oʻldirdilar. Ammo, hozir buni unutib qoʻyib,
«Bu qayerdan?» deysizmi?»
Bu hayronlik savoliga javoban Alloh taolo Paygʻambar alayhissolatu vassalomga oʻrgatib:
«Bu oʻzingizning huzuringizdan, deb ayt!»–deydi.
Yaʼni, oʻzingiz sustkashlik qildingiz, zaiflashdingiz, oʻzingiz Allohning shartini buzdingiz, oʻzingiz Paygʻambarning amriga xilof qildingiz, endi kelib, «Bu qayerdan?» deysizmi?! Bilib qoʻying, bu musiybatni oʻzingiz oʻzingizga chaqirib oldingiz.
«Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.»
Nimani xohlasa, shuni qiladi. Jumladan, oʻzi iroda qilgan hikmat yuzasidan moʻmin bandalariga ham musiybat yetkazishi mumkin.
Mazkur hikmatning baʼzi jihatini kelasi oyatlar bayon qiladi: