مَّا كَانَ ٱللَّهُ لِيَذَرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَىٰ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ حَتَّىٰ يَمِيزَ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ ۗ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى ٱلْغَيْبِ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يَجْتَبِى مِن رُّسُلِهِۦ مَن يَشَآءُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ وَإِن تُؤْمِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَلَكُمْ أَجْرٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh mo`minlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qo`yib qo`ymas. Alloh sizlarni g`aybdan xabardor qilib qo`ymas. Lekin Alloh O`z Payg`ambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulug` ajr bordir.Аллоҳ мўминларни покидан нопокини ажратмасдан, сиз турган ҳолда, қўйиб қўймас. Аллоҳ сизларни ғайбдан хабардор қилиб қўймас. Лекин Аллоҳ Ўз Пайғамбарларидан кимни хоҳласа, танлаб оладир. Бас, Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарларига иймон келтиринглар. Агар иймон келтирсангиз ва тақво қилсангиз, сизларга улуғ ажр бордир.Alauddin Mansour: Alloh moʻminlarni sizlar boʻlgan mana shu holatda (yaʼni, kim moʻmin-u, kim munofiqligi maʼlum boʻlmagan holatda) tashlab qoʻyuvchi emas. Hali u (Uhudda munofiqlarni moʻminlardan ajratib qoʻygani kabi) nopokni pokdan ajratadi. Alloh sizlarni gʻayb ilmidan xabardor qilmadi. Lekin Alloh paygʻambarlaridan Oʻzi istagan zotlarni saylab olur (va uni gʻoyibdan xabardor, ogoh qilur). Bas, Alloh va Uning paygʻambarlariga iymon keltiringiz! Agar iymon keltirib, Allohdan qoʻrqsangiz, sizlar uchun ulugʻ ajr-mukofot bordir.Аллоҳ мўминларни сизлар бўлган мана шу ҳолатда (яъни, ким мўмин-у, ким мунофиқлиги маълум бўлмаган ҳолатда) ташлаб қўювчи эмас. Ҳали у (Уҳудда мунофиқларни мўминлардан ажратиб қўйгани каби) нопокни покдан ажратади. Аллоҳ сизларни ғайб илмидан хабардор қилмади. Лекин Аллоҳ пайғамбарларидан Ўзи истаган зотларни сайлаб олур (ва уни ғойибдан хабардор, огоҳ қилур). Бас, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарларига иймон келтирингиз! Агар иймон келтириб, Аллоҳдан қўрқсангиз, сизлар учун улуғ ажр-мукофот бордир.
Ushbu oyatda Alloh taolo moʻminlarni munofiqlarga aralash boʻlib yuraverishlariga qoʻyib qoʻymasligini, balki haqiqiy moʻminni munofiqdan ajratib olishni aytmoqda.
Odatda, bunday paytlarda sinov, imtihon usuli ishga solinadi. Uhud urushi ham ana shunday: pokni nopokdan, haqiqiy moʻminni munofiqdan ajratib olish uchun sinov, imtihon boʻldi.
«Alloh moʻminlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qoʻyib qoʻymas».
Yaʼni, Alloh moʻminlarni munofiqlar bilan aralash holda qoʻyib qoʻymaydi. Balki, albatta, pokidan nopokini, moʻmindan munofiqini ajratadi. Munofiqlarning iymon ortidan yashirinib, oʻzini musulmon qilib koʻrsatib, shu bilan birga, Islomga zarar keltirib yurishlariga yoʻl qoʻymaydi. Alloh Islom ummatini yer yuzida ulugʻ vazifani ado etish uchun chiqargan. Ushbu vazifani bajarishga esa, poklik, chaqqonlik, saflarda jipslik zarur. Munofiqlar shunday vaziyatning vujudga kelishiga toʻsiq boʻladilar. Shuning uchun ham, ularni sinov or-qali moʻminlar safidan chiqarib turiladi. Haqiqiy tillani zanglardan tozalash uchun olovda toblanadi. Xuddi shuningdek, haqiqiy moʻminni munofiqdan ajratish uchun ham qiyinchiliklarda toblanadi.
«Alloh sizlarni gʻaybdan xabardor qilib qoʻymas».
Yaʼni, Alloh sizlarga gʻaybni bildirmaydi, jumladan, odamlar qalbida nima borligini ham bila olmaysizlar. Shu boisdan, kim haqiqiy moʻmin, kim munofiq ekanini ham bila olmaysizlar.
Unaqada munofiqni qanday bilsa boʻladi?
«Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir».
Demak, pokni nopokdan ajratish Paygʻambar yuborish orqali boʻladi. Oʻsha Paygʻambarga iymon keltirish yoki keltirmaslik orqali, unga itoat qilish yoki qilmaslik orqali, unga munofiqona yoki samimiy muomalada boʻlish tufayli oq oqqa, qora qoraga ajraydi. Paygʻambar boshlagan haqiqat yoʻlidagi qiyinchiliklarga qaramay qadamida sobit boʻlganlar haqiqiy moʻmin hisoblanadilar. Sinovlarga chidamay ortga qaytganlar munofiqlardir. Shunday ekan:
«Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulugʻ ajr bordir».
Ha, faqat haqiqiy iymongina bunday ajrga erishtiradi. Bosh- qa hech qanday yoʻl bilan mazkur ajrni qozonib boʻlmaydi.