لَّقَدْ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوْلَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ فَقِيرٌ وَنَحْنُ أَغْنِيَآءُ ۘ سَنَكْتُبُ مَا قَالُوا۟ وَقَتْلَهُمُ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَنَقُولُ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambag`al va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Payg`ambarlarni nohaq o`ldirganlarni yozib qo`yamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko`ring!» deymiz.Батаҳқиқ, Аллоҳ: «Албатта, Аллоҳ камбағал ва биз боймиз», деганларнинг гапини эшитди. Айтганларини ва Пайғамбарларни ноҳақ ўлдирганларни ёзиб қўямиз ва: «Куйдирувчи азобни татиб кўринг!» деймиз.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh: «Alloh kambagʻal, bizlar boymiz», degan kimsalarning soʻzini eshitdi. Ularning aytgan gaplarini va paygʻambarlarni nohaq oʻldirganlarini yozib qoʻyurmiz va (Qiyomat Kuni) ularga: «Kuydurguvchi — doʻzax azobini totib koʻringiz!», deb ayturmiz.Албатта, Аллоҳ: «Аллоҳ камбағал, бизлар боймиз», деган кимсаларнинг сўзини эшитди. Уларнинг айтган гапларини ва пайғамбарларни ноҳақ ўлдирганларини ёзиб қўюрмиз ва (Қиёмат Куни) уларга: «Куйдургувчи — дўзах азобини тотиб кўрингиз!», деб айтурмиз.
Yahudiylar doimo Alloh taolo toʻgʻrisida yomon tasavvurda, nohaq aqiydada boʻlganlar. Ular moʻʼtabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa oʻz aksini topgan. Boʻlmasa, Alloh kambagʻal, biz boymiz, deyisharmidi? Alloh ularning bu beodob gaplarini eshitmaydi, deb oʻylashadi. Ammo ular notoʻgʻri oʻylashadi.
Alloh, yahudiylar tasavvur qilayotganidek, ojiz emas. U hamma narsani eshitib, bilib turuvchi Zot. Yahudiylar bu gaplari uchun hali javob beradilar. Alloh aytadiki:
«Aytganlarini va Paygʻambarlarni nohaq oʻldirganlarini yozib qoʻyamiz va «Kuydiruvchi azobni tatib koʻring!» deymiz».
Demak, yahudiylarning gunohi hozir aytayotgan beodobona gaplaridangina iborat emas. Avval ham rosa gunohlarni ishlashgan, hatto Paygʻambarlarni oʻldirishgacha borib yetishgan. Bani Isroil oʻz tarixida koʻplab Paygʻambarlarni nohaq oʻldirdi. Iyso alahissalomni oʻldirishga harakat qildi. Muhammad alayhissalom tom tagida oʻtirganlarida, ustlaridan tosh tashlab oʻldirmoqchi boʻldi. Alloh taolo bularni ham yozib qoʻyadi.
Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga:
«Kuydiruvchi azobni tatib koʻring!» deydilar.