ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bundoq bo`lishligi sizning o`z qo`lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.Бундоқ бўлишлиги сизнинг ўз қўлингиз ила қилганингиз туфайлидир. Албатта, Аллоҳ бандаларига зулм қилувчи эмас.Alauddin Mansour: Bu (azob) oʻzlaringiz qilgan gunohlaringiz sabablidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qilguvchi emasdir.Бу (азоб) ўзларингиз қилган гуноҳларингиз сабаблидир. Албатта, Аллоҳ бандаларига зулм қилгувчи эмасдир.
Ularga kuydiruvchi azob bekorga yuborilmaydi. Oʻzlarining qilganlariga yarasha jazo sifatida yuboriladir. Hech kimga, hech qanday zulm qilinmaydi. Alloh adolatli Zot, u hech qachon zulm qilmaydi. Yahudiy va kofirlar totadigan azob oʻzlarining gunohlari sababidandir. Allohning adolati yaxshilikka savobni, yomonlikka azobni taqozo etadi.
Imom Faxriddin Roziyning «Tafsirul kabir» kitobida keltirilishicha, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilarki:
«Yahudiylardan bir toʻpi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldilar. Ularning ichida Molik ibn as-Sayf, Kaʼb ibn Ashraf va Finhos ibn Azrolar ham bor edi. Ular:
«Ey Muhammad, sen Allohning Paygʻambari ekanligingni va Alloh taolo senga kitobni tushirganini daʼvo qilmoqdasan. Holbuki, Alloh Tavrotda bizdan oʻtda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Paygʻambarga ishonmaslikka ahd olgan. Agar oʻshani keltirsang, senga ishonamiz», dedilar. Shunda Alloh quyidagi oyatni tushirdi: