ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ عَهِدَ إِلَيْنَآ أَلَّا نُؤْمِنَ لِرَسُولٍ حَتَّىٰ يَأْتِيَنَا بِقُرْبَانٍ تَأْكُلُهُ ٱلنَّارُ ۗ قُلْ قَدْ جَآءَكُمْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِى بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَبِٱلَّذِى قُلْتُمْ فَلِمَ قَتَلْتُمُوهُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Albatta, Alloh bizdan o`tda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Payg`ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Payg`ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, nimaga ularni o`ldirdingiz?» deb ayt.«Албатта, Аллоҳ биздан ўтда куядиган қурбонлик келтирмаган Пайғамбарга ишонмаслигимизга аҳд олган», дейдиганларга: «Мендан олдин ҳам сизларга Пайғамбарлар очиқ-ойдин баёнотлар ва сиз айтган нарса билан келганлар. Агар ростгўй бўлсаларингиз, нимага уларни ўлдирдингиз?» деб айт.Alauddin Mansour: U kimsalar: «Albatta, Alloh bizga biron paygʻambar to bir qurbonlik atab, uni (osmondan tushgan) olov yeb (yaʼni, yondirib) ketmaguncha unga iymon keltirmasligimizni buyurgan», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Muhaqqaqki, mendan ilgari sizlarga koʻp paygʻambarlar ochiq hujjatlar va sizlar aytgan narsani (yaʼni, qurbonliklarni) keltirganlar. Bas, agar shu gaplaringiz rost boʻlsa, nima uchun ularni oʻldirgan edingizlar?!»У кимсалар: «Албатта, Аллоҳ бизга бирон пайғамбар то бир қурбонлик атаб, уни (осмондан тушган) олов еб (яъни, ёндириб) кетмагунча унга иймон келтирмаслигимизни буюрган», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Муҳаққақки, мендан илгари сизларга кўп пайғамбарлар очиқ ҳужжатлар ва сизлар айтган нарсани (яъни, қурбонликларни) келтирганлар. Бас, агар шу гапларингиз рост бўлса, нима учун уларни ўлдирган эдингизлар?!»
Yaʼni, ular hozir Paygʻambar alayhissalomdan moʻʼjiza keltirishni soʻrashyapti. Avvalgi Paygʻambarlarning haqiqiy Paygʻambar ekanliklarini isbotlovchi moʻʼjizalaridan biri ularning qurbonlikka atagan narsalarini osmondan oʻt tushib kuydirib ketishi edi. Agar oʻsha moʻʼjizani keltirsalar, u kishiga iymon keltirishga vaʼda qilmoqdalar. Lekin Qurʼoni Karim ularni oʻzlarining boshidan oʻtgan voqelik bilan yuzma-yuz qoʻymoqda. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga xitob etib, ularga:
«Mendan oldin ham sizlarga Paygʻambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, nimaga ularni oʻldirdingiz?» deb ayt», deydi.
Shu bilan U zot yahudiylarning gaplari yolgʻon ekanini fosh qiladi.
Keyingi oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga xitob etib, yahudiylardan koʻrayotgan ozorlardan xafa boʻlmaslikka chaqiradi: