فَإِن كَذَّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ جَآءُو بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَٱلزُّبُرِ وَٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُنِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar seni yolg`onchi qilsalar, sendan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Payg`ambarlarni ham yolg`onchi qilganlar.Агар сени ёлғончи қилсалар, сендан олдин очиқ-ойдин баёнотлар, ҳикматли китоблар ва нурли китоблар билан келган Пайғамбарларни ҳам ёлғончи қилганлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhamamad alayhis-salotu vas-salom), agar Sizni yolgʻonchi qilishgan boʻlsa, (aslo gʻamgin boʻlmang, chunki) Sizdan ilgari ham ochiq hujjatlar, bitiklar va nurli Kitob keltirgan koʻp paygʻambarlar yolgʻonchi qilinganlar.(Эй Муҳамамад алайҳис-салоту вас-салом), агар Сизни ёлғончи қилишган бўлса, (асло ғамгин бўлманг, чунки) Сиздан илгари ҳам очиқ ҳужжатлар, битиклар ва нурли Китоб келтирган кўп пайғамбарлар ёлғончи қилинганлар.
Bu oyat Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga tasalli oyatidir. Yahudiylarning Paygʻambarligingga ishonmay, seni yolgʻonchi qilishlariga xafa boʻlma. Ularning odati oʻzi shunaqa. Alloh tomonidan kelgan boshqa Paygʻambarlarga ham doimo shunaqa munosabatda boʻlganlar. U Paygʻambarlar ochiq-oydin bayonotlar, oyatlar, moʻʼjizalar bilan hamda hikmatli, vaʼz-nasihatli kitob-lar, nurli, hidoyatli kitoblar bilan kelgan boʻlishlariga qaramay, ularni ham yolgʻonchiga chiqarganlar.
Keyingi oyatlarda moʻminlar jamoasiga murojaat qilinadi, ularni oliymaqom sifatlar bilan sifatlanishga, yaxshilik yoʻlidagi qiyinchiliklar va toʻsiqlarga tayyor turishga, sabr-toqatli, taqvoli boʻlishga daʼvat etiladi: