QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят185

كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۖ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ ٱلنَّارِ وَأُدْخِلَ ٱلْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ ۗ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَـٰعُ ٱلْغُرُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir jon o`limni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to`lig`icha olursiz. Kim do`zaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti g`urur matohidan o`zga narsa emas.Ҳар бир жон ўлимни тотгувчидир. Қиёмат куни ажрларингизни тўлиғича олурсиз. Ким дўзахдан узоқлаштирилса ва жаннатга киритилса, шубҳасиз, ютибди. Бу дунё ҳаёти ғурур матоҳидан ўзга нарса эмас.Alauddin Mansour: Har bir jon oʻlimni totguvchidir. Va Qiyomat Kunida hech shak-shubhasiz, ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim doʻzaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa faqat aldaguvchi matodir.Ҳар бир жон ўлимни тотгувчидир. Ва Қиёмат Кунида ҳеч шак-шубҳасиз, ажр-савобларингизни комил суратда олурсиз. Бас, ким дўзахдан четлатилиб, жаннатга киритилса, муҳаққақ (бахт-саодатга) эришгай. Бу ҳаёти дунё эса фақат алдагувчи матодир.

74-sahifa · 4-juz · 8-hizb74-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كُلُّhar birҳар бирنَفْسٍۢjonжонذَآئِقَةُtotguvchidirтотгувчидирٱلْمَوْتِ ۗoʻlimniўлимниوَإِنَّمَاva albatta, faqatва албатта, фақатتُوَفَّوْنَtoʻligʻicha olursizтўлиғича олурсизأُجُورَكُمْajrlaringizniажрларингизниيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۖqiyomatқиёматفَمَنbas, kimбас, кимزُحْزِحَuzoqlashtirilsaузоқлаштирилсаعَنِ-dan-данٱلنَّارِdoʻzaxдўзахوَأُدْخِلَva kiritilsaва киритилсаٱلْجَنَّةَjannatgaжаннатгаفَقَدْshubhasizшубҳасизفَازَ ۗyutibdiютибдиوَمَاva emasва эмасٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَآbu dunyoбу дунёإِلَّاfaqatфақатمَتَـٰعُmatohiматоҳиٱلْغُرُورِgʻururғурур
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada ulkan hayotiy haqiqat oʻz ifodasini topgandir:

«Har bir jon oʻlimni totguvchidir».

Yaʼni, hamma oʻladi. Bu hayot bir kuni borib oxiriga yetadi. Qari ham oʻladi, yosh ham oʻladi. Yaxshi ham oʻladi, yomon ham oʻladi. Taqvodor ham oʻladi, betavfiq ham oʻladi. Jihodga chiqib jangga kirgan ham oʻladi, qoʻrqib panaga berkingan ham oʻladi. Iymon, aqiyda yoʻlida oʻzini fido qilgan ham oʻladi, oʻzini xor tutib, bandalarga banda boʻlganlar ham oʻladi. Gapning qisqasi, hamma oʻladi. Hech kim bu dunyoga ustun boʻlmaydi. Har bir inson oʻlim kosasidagi sharobni totib koʻradi. Bu borada hamma barobar, teng. Ammo, farq boshqa tomonda, bu farqni quyidagi jumla bildiradi:

«Qiyomat kuni ajrlaringizni toʻligʻicha olursiz».

U kunda zarracha yaxshilik ham, zarracha yomonlik ham hisob-kitob qilinadi. Har bir insonga qilganiga yarasha mukofot yoki jazo toʻligʻicha beriladi. Ana oʻshanda haqiqiy yutuqqa erishgan kimu magʻlubiyatga uchragan kim ekani maʼlum boʻladi.

«Kim doʻzaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi».

Aksincha, kim doʻzaxga kiritilsa va jannatdan uzoqlashtirilsa, shubhasiz, yutqazibdi.

«Bu dunyo hayoti gʻurur matohidan oʻzga narsa emas».

Bu dunyo aldamchi dunyo. Oʻziga qiziqqanlarni va oshiq boʻlganlarni aldaydi va gʻururga ketkazadi. Ammo, haqiqiy matoh har qancha saʼyu harakatga loyiq narsadir. Chunki u doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilishga bois boʻladi. Qachonki inson qalbida ushbu haqiqat jo boʻlsa, qalbdan dunyo hirsi koʻtariladi.

Endi moʻminlarga duch keladigan balo-ofatlar va imtihonlar haqida soʻz ochiladi: