QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят186

۞ لَتُبْلَوُنَّ فِىٓ أَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ وَلَتَسْمَعُنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَمِنَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ أَذًى كَثِيرًا ۚ وَإِن تَصْبِرُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko`plab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir.Албатта, молу жонда синовга учрайсиз. Албатта, сиздан олдин китоб берилганлардан ва ширк келтирганлардан кўплаб озор эшитасиз. Агар сабр қилсангиз ва тақво қилсангиз, албатта, бу салмоқли ишлардандир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), albatta molu jonlaringizda imtihon qilinursizlar (yaʼni, Alloh taolo mol va jonlaringizga xilma-xil ofatu balolar yuborib, sizlarning iymoningizni tekshirib koʻrar) va albatta sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalar tomonidan va mushriklar tomonidan koʻp aziyat-malomatlar eshitajaksizlar. Agar (ozorlariga) sabr-toqat qilsangizlar va Allohdan qoʻrqsangizlar (najot topursiz). Chunki bu ish (yaʼni, sabr-toqatli boʻlib, Allohdan qoʻrqish) ishlarning maqsadga muvofigʻidir.(Эй мўминлар), албатта молу жонларингизда имтиҳон қилинурсизлар (яъни, Аллоҳ таоло мол ва жонларингизга хилма-хил офату балолар юбориб, сизларнинг иймонингизни текшириб кўрар) ва албатта сизлардан илгари Китоб берилган кимсалар томонидан ва мушриклар томонидан кўп азият-маломатлар эшитажаксизлар. Агар (озорларига) сабр-тоқат қилсангизлар ва Аллоҳдан қўрқсангизлар (нажот топурсиз). Чунки бу иш (яъни, сабр-тоқатли бўлиб, Аллоҳдан қўрқиш) ишларнинг мақсадга мувофиғидир.

74-sahifa · 4-juz · 8-hizb74-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَتُبْلَوُنَّalbatta sinovga uchraysizалбатта синовга учрайсизفِىٓ-da-даأَمْوَٰلِكُمْmollaringizмолларингизوَأَنفُسِكُمْva jonlaringizdaва жонларингиздаوَلَتَسْمَعُنَّva albatta eshitasizва албатта эшитасизمِنَ-dan-данٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобمِن-dan-данقَبْلِكُمْsizdan oldinсиздан олдинوَمِنَva -danва -данٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأَشْرَكُوٓا۟shirk keltirganlarширк келтирганларأَذًۭىozorозорكَثِيرًۭا ۚkoʻplabкўплабوَإِنva agarва агарتَصْبِرُوا۟sabr qilsangizсабр қилсангизوَتَتَّقُوا۟va taqvo qilsangizва тақво қилсангизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаذَٰلِكَbuбуمِنْ-dandir-дандирعَزْمِsalmoqliсалмоқлиٱلْأُمُورِishlarишлар
TafsirТафсир

Barcha aqiyda va daʼvatlarda, albatta, balo-ofat va sinovlar boʻlishi shartdir. Dushmanlardan ozor eshitish va jafo koʻrish ham bor narsa. Bunday paytlarda sabr-toqatli, chidamli boʻlish va Alloh taologa taqvo qilish zarurdir. Chunki bu yoʻl oliy maqsad yoʻlidir. Jannat yoʻlidir. Jannat yoʻli doimo tikanlar bilan oʻralgan boʻladi. Doʻzax esa, shahvoniy ishlar, lazzatlar bilan oʻralgan boʻladi.

Qiyinchiliksiz erishilgan narsaning qiymati boʻlmaydi. Shuning uchun ham, Alloh taolo ezgulik yoʻlida, Oʻzining yoʻlida kurashga otlangan bandalarni sinovdan oʻtkazib, toblab, chiniqtirib turadi. Ana shundagina yaxshilik daʼvatchilari mustahkam irodaga ega boʻladilar. Daʼvatning barcha ogʻirliklarini koʻtaradilar.

Iymonga, Islomga, ezgulikka daʼvat qiluvchilar, shu yoʻlda harakat qiluvchilarga molu mulklarida ham sinov keladi. Ularning molu mulklarini zolimlar tortib olishi yoki yoʻq qilishga urinishi mumkin. Dushman kofir boʻlgandan keyin hech narsadan tap tortmaydi.

Shuningdek, iymon yoʻlida kurashuvchilarning joniga ham dushmanlar qasd qiladilar. Ularni azoblashlari, qiynashlari va hatto oʻldirishlari ham mumkin. Bu holat avvalda ham boʻlgan, hozirda ham davom etmoqda.

Haqiqat yoʻlining kurashchilari dushmanlardan koʻplab ozorlar eshitadilar. Ularni har zamon va har makonda turli ayblar bilan ayblashadi. Turli yomon sifatlar bilan sifatlashadi. Bu boʻlishi muqarrar ishlardir. Axir, Alloh taolo Oʻz Qurʼonida aytib qoʻygan narsa muqarrar boʻlmasa, nima muqarrar boʻlar edi! Ammo, bularning bari haqiqat uchun kurashuvchilarga, iymon bayrogʻini yuksak koʻtarishga intilganlarga yaxshilikdir.

Eng kamida, kurash uchun oladigan savoblari koʻp boʻladi.

Faqat, jonu molga balo yetganda, dushmanlardan ozor koʻrganda:

«Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir».

Ana shundagina koʻzlagan maqsadga erishiladi. Hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Zero, iymon ila kufr kurashida doimo iymon taraf gʻolib kelgan. Chunki bu taraf Allohning tarafi. Uning Oʻzi nusrat beradi.

Keyingi oyat ahli kitoblarning ahdni buzishlarini, omonatga xiyonat qilishlarini fosh etadi: