وَإِذْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَـٰقَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ لَتُبَيِّنُنَّهُۥ لِلنَّاسِ وَلَا تَكْتُمُونَهُۥ فَنَبَذُوهُ وَرَآءَ ظُهُورِهِمْ وَٱشْتَرَوْا۟ بِهِۦ ثَمَنًا قَلِيلًا ۖ فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon!Аллоҳ китоб берилганлардан, уни одамларга албатта баён қилурсиз ва беркитмассиз, деб аҳд олганини эсла. Бас, уни ортларига қаратиб отдилар ва арзон нархга сотдилар. Сотиб олган нарсалари қандай ҳам ёмон!Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u (Kitob)ni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!», deb ahd-paymon olgan edi. Soʻng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish boʻldi!Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ Китоб берилган кимсалардан «Албатта, у (Китоб)ни одамларга очиқ баён қилурсизлар ва яширмайсизлар!», деб аҳд-паймон олган эди. Сўнг улар бу аҳд-паймонни ортларига ташладилар ва уни озгина қийматга сотдилар. Уларнинг бу олди-сотдилари нақадар ёмон иш бўлди!
Oyati karimada ahli kitoblarning, xususan, yahudiylarning ahdni buzib, xiyonat qilishlari oʻziga xos uslub ila bayon etilyapti.
«Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta, bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla».
Aslida, Alloh ularga kitob berayotgan paytda, bu kitobni odamlarga albatta bayon qilasiz va berkitmaysiz, deb ahd olgan edi. Jumladan, ular kelishining xabari oʻz kitoblarida berilgan Muhammad alayhissalomning vasflari va u kishi haqidagi maʼlumotlarni berkitmasdan, odamlarga bayon qilishlari kerak edi.
«Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar».
Yaʼni ahli kitoblar ahdni ortlariga qarab otdilar va oʻsha ahdning oʻrniga bu dunyoning arzimas matohini oldilar.
«Sotib olgan narsalari qanday ham yomon!»
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki:
«Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam yahudiylardan bir narsa haqida soʻraganlarida, u kishidan mazkur narsani berkitishdi va boshqa narsaning xabarini berishdi. U zotning huzurlaridan xuddi soʻragan narsalarining xabarini bergandek boʻlib chiqishdi. Shu bilan birga, buning uchun maqtovtalab boʻlishdi. Paygʻambar soʻragan narsani berkitganlaridan oʻzlaricha xursand boʻlishdi». Shunda quyidagi oyati karima nozil boʻldi: