لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أَتَوا۟ وَّيُحِبُّونَ أَن يُحْمَدُوا۟ بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا۟ فَلَا تَحْسَبَنَّهُم بِمَفَازَةٍ مِّنَ ٱلْعَذَابِ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qilganlariga xursand bo`lib, qilmaganlariga maqtalishni suyadiganlarni azobdan najotda deb hisoblama. Ularga alamli azob bor!Қилганларига хурсанд бўлиб, қилмаганларига мақталишни суядиганларни азобдан нажотда деб ҳисоблама. Уларга аламли азоб бор!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz hargiz qilgan ishlari (yaʼni, odamlarni haq yoʻldan adashtirishlari) bilan xursand boʻladigan va qilmagan ishlari bilan maqtovlar eshitishni yaxshi koʻradigan kimsalar azobdan yiroq makondalar, deb oʻylamang! Ular uchun alamli azob bordir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз ҳаргиз қилган ишлари (яъни, одамларни ҳақ йўлдан адаштиришлари) билан хурсанд бўладиган ва қилмаган ишлари билан мақтовлар эшитишни яхши кўрадиган кимсалар азобдан йироқ макондалар, деб ўйламанг! Улар учун аламли азоб бордир.
Bu oyati karimada Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga xitob qilinmoqda. Yahudiylar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam soʻragan narsani berkitib, oʻrniga boshqa narsani aytib, qilmishlariga xursand boʻlib, qilmagan ishlari uchun esa, maqtalishni istab yurganlari bilan, ular azobdan qochib qutula olmaydilar. Ular albatta alamli azoblarga uchraydilar.
Bu xabarda Paygʻambar alayhissalomga va musulmonlarga taskin ohanglari bor. Albatta, oyati karima yuqorida oʻtgan Uhud qissasiga tegishli emas. Uning tushishiga sabab xos boʻlsa ham, amali umumiy boʻlib, shunga oʻxshash barcha ishlarga taalluqlidir.