هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُۥ ۖ قَالَ رَبِّ هَبْ لِى مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً ۖ إِنَّكَ سَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shu chog`da Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, menga O`z huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi.Шу чоғда Закариё Роббига дуо қилиб: «Эй Роббим, менга Ўз ҳузурингдан яхши зурриёт бергин. Албатта, Сен дуони эшитувчисан», – деди.Alauddin Mansour: Oʻshanda Zakariyo Parvardigoriga duo qilib dedi: «Parvardigorim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza farzand ato et! Albatta, Sen duo-iltijolarimni eshitguvchisan».Ўшанда Закариё Парвардигорига дуо қилиб деди: «Парвардигорим, менга ҳам Ўз ҳузурингдан бир покиза фарзанд ато эт! Албатта, Сен дуо-илтижоларимни эшитгувчисан».
Zakariyo alayhissalom Alloh taoloning duolarni eshituvchi ekanligiga toʻla ishonch bilan duo qildi. Shuning uchun ham, odatda befarzand katta yoshdagi kishilarning farzand koʻrishi ehtimoldan yiroq boʻlsa-da, Alloh bu duoni qabul etdi.