QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят39

فَنَادَتْهُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ وَهُوَ قَآئِمٌ يُصَلِّى فِى ٱلْمِحْرَابِ أَنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكَ بِيَحْيَىٰ مُصَدِّقًۢا بِكَلِمَةٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَسَيِّدًا وَحَصُورًا وَنَبِيًّا مِّنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mehrobda namoz o`qib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan bo`lgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Payg`ambarlardan bo`lgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar.Меҳробда намоз ўқиб турганида, фаришталар унга: «Албатта, Аллоҳ сенга Аллоҳдан бўлган калимани тасдиқловчи, бошлиқ, шаҳвати тийилган, солиҳ Пайғамбарлардан бўлган Яҳёнинг башоратини бермоқда», – дедилар.Alauddin Mansour: Soʻng mehrobda namoz oʻqib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: «(Ey Zakariyo), Alloh senga Allohning soʻzini tasdiq etadigan, (oʻz qavmiga) xoja boʻladigan, (shahvatlardan oʻzini) tiyadigan va solih paygʻambarlardan boʻladigan Yahyo ismli farzand xushxabarini berur».Сўнг меҳробда намоз ўқиб турган вақтида унга фаришталар нидо қилдилар: «(Эй Закариё), Аллоҳ сенга Аллоҳнинг сўзини тасдиқ этадиган, (ўз қавмига) хожа бўладиган, (шаҳватлардан ўзини) тиядиган ва солиҳ пайғамбарлардан бўладиган Яҳё исмли фарзанд хушхабарини берур».

55-sahifa · 3-juz · 6-hizb55-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَنَادَتْهُbas, unga nido qildilarбас, унга нидо қилдиларٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарوَهُوَva uва уقَآئِمٌۭturgan holdaтурган ҳолдаيُصَلِّىnamoz oʻqibнамоз ўқибفِى-da-даٱلْمِحْرَابِmehrobмеҳробأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُبَشِّرُكَsenga bashorat bermoqdaсенга башорат бермоқдаبِيَحْيَىٰYahʼyo ilaЯҳъё илаمُصَدِّقًۢاtasdiqlovchiтасдиқловчиبِكَلِمَةٍۢkalimaniкалиманиمِّنَ-dan-данٱللَّهِAllohАллоҳوَسَيِّدًۭاva boshliqва бошлиқوَحَصُورًۭاva shahvati tiyilganва шаҳвати тийилганوَنَبِيًّۭاva Nabiyва Набийمِّنَ-dan-данٱلصَّـٰلِحِينَsolihlarсолиҳлар
TafsirТафсир

Zakariyo alayhissalomning chin dildan qilgan duolari qabul boʻldi. Allohning farishtalari kelib, u kishiga suyunchilik xabarini yetkazdilar.

Alloh Zakariyo alayhissalomga oʻgʻil farzand berishni iroda qildi. Hali onasi unga homilador boʻlmasdan, ismi ham tayin: Yahyo. U farzand moʻmin-musulmon farzand boʻlishi ham aniq: Allohdan boʻlgan kalimani tasdiqlovchi. Boʻlgʻusi farzandning sifatlaridan yana biri–shahvati tiyilgan, yaʼni, ayollarga nisbatan boʻladigan ragʻbatni jilovlab yuruvchi.

Shu joyda taʼkidlab oʻtish kerakki, Qurʼoni Karim oyatida bu sifat «hasuron» lafzi bilan kelgan. Bu soʻzni «erkakligi yoʻq» deb ham tushuniladi. Baʼzi yaxshi tushunmagan odamlar ushbu maʼnoni Yahyo alayhissalomga ham nisbat beradilar. Bu fikr mutlaqo notoʻgʻri ekanini ulugʻ tafsirchilarimiz qayta-qayta taʼkidlaganlar. Chunki, erkakligi yoʻq boʻlish katta ayb hisoblanadi. Paygʻambarlar esa, ayblardan xoli zotdirlar. Yahyo alayhissalomda bu jismoniy kamolot mavjud boʻlgan, lekin Alloh taolo u kishiga ayol zotiga nisbatan boʻlgan shahvatni tiyish qobiliyatini bergan.

Yana, boʻlajak Yahyo ismli farzand solih Paygʻambarlardan boʻlishining bashorati ham taʼkidlanmoqda.

Bu xabar Zakariyo alayhissalomning oʻzlarini ham shoshirib qoʻydi. Paygʻambar boʻlsalar-da, baribir insonlikka borib, bu moʻʼjiza qay tariqa yuzaga kelishini bilishga oshiqdilar.