QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят40

قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَـٰمٌ وَقَدْ بَلَغَنِىَ ٱلْكِبَرُ وَٱمْرَأَتِى عَاقِرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكَ ٱللَّهُ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, menga qandoq o`g`il bo`lsin?! O`zim ulug` yoshga kirgan bo`lsam, xotinim tug`mas bo`lsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi.У: «Эй Роббим, менга қандоқ ўғил бўлсин?! Ўзим улуғ ёшга кирган бўлсам, хотиним туғмас бўлса?!» – деди. У зот: «Шундоқ, Аллоҳ хоҳлаганини қиладир», – деди.Alauddin Mansour: «Parvardigorim, menga keksalik yetgan, xotinim tugʻmas boʻlsa, mendan qanday farzand boʻlsin?», dedi (Zakariyo). (Alloh) aytdi: «Shunday, Alloh istagan ishini qilur».«Парвардигорим, менга кексалик етган, хотиним туғмас бўлса, мендан қандай фарзанд бўлсин?», деди (Закариё). (Аллоҳ) айтди: «Шундай, Аллоҳ истаган ишини қилур».

55-sahifa · 3-juz · 6-hizb55-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиرَبِّey Robbimэй Роббимأَنَّىٰqandoqқандоқيَكُونُboʻlsinбўлсинلِىmengaменгаغُلَـٰمٌۭoʻgʻilўғилوَقَدْva holbukiва ҳолбукиبَلَغَنِىَmenga yetganменга етганٱلْكِبَرُulugʻ yoshулуғ ёшوَٱمْرَأَتِىva xotinimва хотинимعَاقِرٌۭ ۖtugʻmasтуғмасقَالَdediдедиكَذَٰلِكَshundoqшундоқٱللَّهُAllohАллоҳيَفْعَلُqiladiқиладиمَاnimaniниманиيَشَآءُxohlasaхоҳласа
TafsirТафсир

Zakariyo alayhissalomning ajablanishlari ham bejiz emas. Insonlar bilimi va odatiga koʻra hukm qilinsa, u kishining farzand koʻrishlari hech mumkin emas. Chunki, u kishining oʻzlari juda keksa yoshdalar. Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha paytda bir yuz yigirma yoshga kirgan edilar. Buning ustiga, xotinlarining tugʻmasligi ham maʼlum va mashhur edi. Farzandsizlikka bir emas, ikki sabab mavjud. Shu boisdan ham, farishtalar suyunchilik xabar keltirishganida:

«U: «Ey Robbim, menga qandoq oʻgʻil boʻlsin?! Oʻzim ulugʻ yoshga kirgan boʻlsam, xotinim tugʻmas boʻlsa?!» – dedi.

Lekin Allohning qatʼiy javobi hamma narsani oʻz oʻrniga tushirdi. Alloh:

«Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi».

Farzandsizlikning yuqorida zikr etilgan sabablari insonlar uchun mushkul sabablardir. Lekin bu sabablarni bartaraf etish, hatto oʻsha sabablar mavjud boʻlib turgan holatda ham farzand ato etish Allohga juda osondir. U xohlasa, bas, boʻladi. Xohlasa, bir yuz yigirma yoshli chol ham farzand koʻradi. Alloh xohlasa, hatto tugʻmas ayolga ham farzand beradi. Xohlasa, bir yuz yigirma yoshli qari chol va tugʻmas xotindan hatto Paygʻambar tugʻilishini joriy qiladi. Bu ishlar Uning uchun hech gap emas.

Inson uzoq vaqt orziqib kutgan narsasining bashorati kelsa, oʻzini yoʻqotib qoʻygandek, Zakariyo alayhissalomda ham insoniy hayajonli holat yuz berib, qayta-qayta savol berardilar: