QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят41

قَالَ رَبِّ ٱجْعَل لِّىٓ ءَايَةً ۖ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَـٰثَةَ أَيَّامٍ إِلَّا رَمْزًا ۗ وَٱذْكُر رَّبَّكَ كَثِيرًا وَسَبِّحْ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِبْكَـٰرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, menga bir belgi tayinla», – dedi. U zot: «Sening belging — uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni ko`p esla va ertayu kech tasbih ayt!» – dedi.У: «Эй Роббим, менга бир белги тайинла», – деди. У зот: «Сенинг белгинг — уч кун одамларга фақат ишора билан гапиришингдир. Роббингни кўп эсла ва эртаю кеч тасбиҳ айт!» – деди.Alauddin Mansour: Parvardigor, men uchun (kampirim homilali boʻlganiga) biron belgi — alomat qilsang», dedi u. Alloh aytdi: «Senga belgi shuki, uch kun odamlarga faqat imo-ishora bilangina gapira olasan. Parvardigoringni mudom yod qil va tunu kun U zotni poklab ibodat qil!»Парвардигор, мен учун (кампирим ҳомилали бўлганига) бирон белги — аломат қилсанг», деди у. Аллоҳ айтди: «Сенга белги шуки, уч кун одамларга фақат имо-ишора билангина гапира оласан. Парвардигорингни мудом ёд қил ва туну кун У зотни поклаб ибодат қил!»

55-sahifa · 3-juz · 6-hizb55-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиرَبِّey Robbimэй Роббимٱجْعَلtayinlaтайинлаلِّىٓmengaменгаءَايَةًۭ ۖbir belgiбир белгиقَالَdediдедиءَايَتُكَsening belgingсенинг белгингأَلَّاemasэмасتُكَلِّمَgapirishingгапиришингٱلنَّاسَodamlargaодамларгаثَلَـٰثَةَuchучأَيَّامٍkunкунإِلَّاfaqatфақатرَمْزًۭا ۗishora bilanишора биланوَٱذْكُرva eslaва эслаرَّبَّكَRobbingniРоббингниكَثِيرًۭاkoʻpкўпوَسَبِّحْva tasbih aytва тасбиҳ айтبِٱلْعَشِىِّkechqurunкечқурунوَٱلْإِبْكَـٰرِva ertalabва эрталаб
TafsirТафсир

Zakariyo alayhissalom oʻzlarining farzand koʻrishlariga ishtiyoqlari zoʻrligidan, kampirlari homilador boʻlgan zahotiyoq bilishni xohlab, Allohdan bir belgi soʻradilar:

«U: «Ey Robbim, menga bir belgi tayinla», – dedi».

Alloh taolo shunday belgini berdi:

«U zot: «Sening belging – uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni koʻp esla va ertayu kech tasbih ayt!» – dedi».

Oʻzlari sogʻ-salomat tursalar ham, Zakariyo alayhissalom uch kun davomida odamlarga odatdagidek gapira olmay qolishlarini kampirlarining homilador boʻlganligiga alomat qilib belgilandi. Bu orada odamlar bilan faqat imo-ishora orqali muomala qiladilar. Lekin, Allohni zikr qilsalar, tillari ishlayveradi. Bunday ulugʻ neʼmat uchun Robbini koʻp eslash va ertayu kech tasbih aytish kerak. Shunday boʻldi ham.

Qari chol va tugʻmas kampirdan oʻgʻil farzand tugʻilishi haqidagi ushbu gʻaroyib qissa tugagandan soʻng, undan ham gʻaroyibroq qissa boshlanadi: