وَإِذْ قَالَتِ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ يَـٰمَرْيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰكِ وَطَهَّرَكِ وَٱصْطَفَىٰكِ عَلَىٰ نِسَآءِ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.Фаришталарнинг: «Эй Марям, албатта, Аллоҳ сени танлаб олди, поклади ва оламдаги аёллардан устунлигингни ихтиёр қилди.Alauddin Mansour: Farishtalar Maryamga: «Yo Maryam, albatta Alloh seni (ayollar orasidan) tanlab oldi va (barcha gunohlardan) pokladi hamda seni butun olamlarning ayollaridan afzal qildi.Фаришталар Марямга: «Ё Марям, албатта Аллоҳ сени (аёллар орасидан) танлаб олди ва (барча гуноҳлардан) поклади ҳамда сени бутун оламларнинг аёлларидан афзал қилди.
Bibi Maryam boshidan kechgan hodisaning haqiqatini Qurʼoni Karim roʻyi-rost hikoya qilmoqda. Yaʼni, Maryamni Alloh tanlab olganini, boshqalar kabi oddiy emasliklarini bayon etmoqda. Shu bilan birga, u kishining, nasorolar daʼvo qilayotganidek, «ona xudo» yoki «xudoning xotini» ham emasliklarini bilvosita taʼkidlamoqda.
«Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi...»
«Pokladi» deyishlikning ulkan maʼnosi bor. Chunki, Bibi Maryam hazrati Iysoni tuqqanlaridan keyin u kishiga turli nopok tuhmatlar boʻladi. Hozirdan boʻlgʻusi u tuhmatlar rad etilmoqda.
«... va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.»
Ushbu jumlaning oʻzi buyuk bir moʻʼjizadir. Tasavvur qiling: Islom dini taʼlimotlari tusha boshlagach, masihiylar bilan qattiq tortishuvlar boʻldi. «Kimning dini afzal?» degan savol koʻndalang turdi. Albatta, bunday holda hamma oʻz dinining afzalligini izhor qilishga urinadi. Shunday bir paytda faqat ilohiy kalomgina bu jasoratli soʻzni aytishi mumkin. Oʻziga qarshi tarafning vakilini «olamdagi ayollarning eng yaxshisi» deyish hazilakam gap emas! Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom haqiqiy Paygʻambar boʻlganliklari uchungina bu haqiqat oshkora aytildi.
Yuqoridagi ikkinchi oyatda farishtalar Bibi Maryamni davomli toat-ibodatda, hushuʼ-huzuʼda, sujud-rukuʼda boʻlishga chorlamoqdalar:
«Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom boʻl, Unga sajda qil va rukuʼ qiluvchilar bilan rukuʼ qil», deganlarini esla».
Bu narsalar ulkan ishga tayyorgarlik edi.
Kelasi oyat bu qissalarni keltirishning hikmatlaridan biriga ishora qiladi. U ham boʻlsa, Muhammad alayhissalomga kelayotgan xabarlar haqiqiy vahiy ekanligini isbot qilishdir.