وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to`liq beradi. Va Alloh zolimlarni xush ko`rmas.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилганларнинг ажрини тўлиқ беради. Ва Аллоҳ золимларни хуш кўрмас.Alauddin Mansour: (Alloh) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga esa ajrlarini komil suratda berur. Alloh zulm qilguvchilarni sevmaydi. (Binobarin, Oʻzi ham hech kimga zulm qilmay, har kimga qilgan ishiga loyiq jazo beradi)».(Аллоҳ) иймон келтириб, яхши амаллар қилган зотларга эса ажрларини комил суратда берур. Аллоҳ зулм қилгувчиларни севмайди. (Бинобарин, Ўзи ҳам ҳеч кимга зулм қилмай, ҳар кимга қилган ишига лойиқ жазо беради)».
Moʻminlar yaxshi amallarning ajrini ikki dunyoda ham toʻliq oladilar. Yaxshi amallari evaziga savoblar, ajrlar oshirib berilsa beriladiki, aslo kamaytirilmaydi. Alloh zolimlarni xush koʻrmaydi. Shu boisdan, Oʻzi ham hech qachon zulm qilmaydi.
Shu yerga yetganda munozaraga yakun yasab, xulosa chiqariladi. Ochiq- oydin bayonga oʻtiladi.