QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят90

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بَعْدَ إِيمَـٰنِهِمْ ثُمَّ ٱزْدَادُوا۟ كُفْرًا لَّن تُقْبَلَ تَوْبَتُهُمْ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلضَّآلُّونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymonlaridan keyin kufr keltirib, so`ngra kufri ziyoda bo`lganlarning tavbasi hech-hech qabul qilinmas. Ana o`shalar adashganlardir.Албатта, иймонларидан кейин куфр келтириб, сўнгра куфри зиёда бўлганларнинг тавбаси ҳеч-ҳеч қабул қилинмас. Ана ўшалар адашганлардир.Alauddin Mansour: Albatta iymon keltirganlaridan keyin kofir boʻlgan, soʻngra kufrlari yanada ziyoda boʻlgan kimsalarning qilgan tavbalari hargiz qabul qilinmaydi. Ana oʻshalar adashganlardir.Албатта иймон келтирганларидан кейин кофир бўлган, сўнгра куфрлари янада зиёда бўлган кимсаларнинг қилган тавбалари ҳаргиз қабул қилинмайди. Ана ўшалар адашганлардир.

61-sahifa · 3-juz · 6-hizb61-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَshunday kishilarkiшундай кишиларкиكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганبَعْدَkeyinкейинإِيمَـٰنِهِمْiymonlaridanиймонлариданثُمَّsoʻngraсўнграٱزْدَادُوا۟ziyoda boʻlganзиёда бўлганكُفْرًۭاkufriкуфриلَّنhech-hech emasҳеч-ҳеч эмасتُقْبَلَqabul qilinarқабул қилинарتَوْبَتُهُمْtavbasiтавбасиوَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarва ана ўшаларهُمُularуларٱلضَّآلُّونَadashganlardirадашганлардир
TafsirТафсир

Hammasi maʼlum. Sharhning ham hojati yoʻq. Qilganiga yarasha har kim jazosini oladi.

Xuddi shu maʼnoda Imom Buxoriy, Muslim va Ahmadlar Paygʻambar alayhissalomdan quyidagi hadisi shariflarni rivoyat qilganlar:

«Qiyomat kuni doʻzax ahllaridan biriga:

«Agarchi yer yuzi toʻla narsang boʻlganda, oʻzingni qutqazishga fido qilarmiding?» deyiladi. U:

«Ha»,–deydi. Shunda Alloh taolo unga:

«Men sendan undan koʻra ozroq narsa soʻragan edim. Otang Odamning zohiridaligingda menga hech narsani shirk keltirmasligingga ahd olgan edim. Sen boʻlsang, shirk keltirding»,–deydi».

Vaqti oʻtgandan keyin har qancha sarflangan moldan foyda yoʻq. Unday sarflashga hojat ham yoʻq. Yaxshisi, molni Alloh taolo rozi boʻladigan yoʻlda, vaqtning borida, bu dunyoda sarflash kerak.