QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят91

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَن يُقْبَلَ مِنْ أَحَدِهِم مِّلْءُ ٱلْأَرْضِ ذَهَبًا وَلَوِ ٱفْتَدَىٰ بِهِۦٓ ۗ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ وَمَا لَهُم مِّن نَّـٰصِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirib, kofir holida o`lganlarning birortasidan, agar yer yuzi to`la oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o`shalarga alamli azob bor. Va ularga yordamchilar yo`q.Албатта, куфр келтириб, кофир ҳолида ўлганларнинг бирортасидан, агар ер юзи тўла олтин фидо қилса ҳам, асло қабул қилинмас. Ана ўшаларга аламли азоб бор. Ва уларга ёрдамчилар йўқ.Alauddin Mansour: Albatta kofir boʻlgan va kofir holda oʻlgan kimsalar, agar ulardan birontasi Yer yuzi toʻla oltinni toʻlov qilib bersa ham hargiz qabul qilinmas. Unday kimsalar uchun alamli azob bordir. Va ular uchun hech qanday yordamchi boʻlmas.Албатта кофир бўлган ва кофир ҳолда ўлган кимсалар, агар улардан биронтаси Ер юзи тўла олтинни тўлов қилиб берса ҳам ҳаргиз қабул қилинмас. Ундай кимсалар учун аламли азоб бордир. Ва улар учун ҳеч қандай ёрдамчи бўлмас.

61-sahifa · 3-juz · 6-hizb61-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларوَمَاتُوا۟va oʻldilarва ўлдиларوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларكُفَّارٌۭkofirlarкофирларفَلَنbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасيُقْبَلَqabul qilinurқабул қилинурمِنْ-dan-данأَحَدِهِمbirortasiбирортасиمِّلْءُtoʻlaтўлаٱلْأَرْضِyer yuziер юзиذَهَبًۭاoltinолтинوَلَوِva agarва агарٱفْتَدَىٰfido qilsa hamфидо қилса ҳамبِهِۦٓ ۗuniуниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларلَهُمْularga borуларга борعَذَابٌazobазобأَلِيمٌۭalamliаламлиوَمَاva yoʻqва йўқلَهُمulargaуларгаمِّنhechҳечنَّـٰصِرِينَyordamchilarёрдамчилар
TafsirТафсир

Hammasi maʼlum. Sharhning ham hojati yoʻq. Qilganiga yarasha har kim jazosini oladi.

Xuddi shu maʼnoda Imom Buxoriy, Muslim va Ahmadlar Paygʻambar alayhissalomdan quyidagi hadisi shariflarni rivoyat qilganlar:

«Qiyomat kuni doʻzax ahllaridan biriga:

«Agarchi yer yuzi toʻla narsang boʻlganda, oʻzingni qutqazishga fido qilarmiding?» deyiladi. U:

«Ha»,–deydi. Shunda Alloh taolo unga:

«Men sendan undan koʻra ozroq narsa soʻragan edim. Otang Odamning zohiridaligingda menga hech narsani shirk keltirmasligingga ahd olgan edim. Sen boʻlsang, shirk keltirding»,–deydi».

Vaqti oʻtgandan keyin har qancha sarflangan moldan foyda yoʻq. Unday sarflashga hojat ham yoʻq. Yaxshisi, molni Alloh taolo rozi boʻladigan yoʻlda, vaqtning borida, bu dunyoda sarflash kerak.