QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят92

لَن تَنَالُوا۟ ٱلْبِرَّ حَتَّىٰ تُنفِقُوا۟ مِمَّا تُحِبُّونَ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِن شَىْءٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir.Ўзингиз суйган нарсадан нафақа қилмагунингизча, ҳаргиз яхшиликка эриша олмассиз. Нимани нафақа қилганингизни Аллоҳ билувчидир.Alauddin Mansour: Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta Alloh uni bilur.Суйган нарсаларингиздан инфоқ-эҳсон қилиб бермагунингизча ҳаргиз яхшиликка (жаннатга) етмагайсиз. Ҳар қандай нарсани инфоқ қилсангиз, албатта Аллоҳ уни билур.

62-sahifa · 3-juz · 6-hizb62-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَنhargiz emasҳаргиз эмасتَنَالُوا۟erishasizэришасизٱلْبِرَّyaxshilikkaяхшиликкаحَتَّىٰtoтоتُنفِقُوا۟nafaqa qilmaguningizchaнафақа қилмагунингизчаمِمَّاnarsadanнарсаданتُحِبُّونَ ۚoʻzingiz suyganўзингиз суйганوَمَاva nimaniва ниманиتُنفِقُوا۟nafaqa qilsangizнафақа қилсангизمِن-dan-данشَىْءٍۢbiror narsaбирор нарсаفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِهِۦuniуниعَلِيمٌۭbiluvchidirбилувчидир
TafsirТафсир

Musulmonlar bu maʼnoga toʻliq tushungan zamonlarida yaxshilikka erishish uchun oʻzlarining eng yaxshi, suyukli mollarini nafaqa qilib, ulugʻ darajalarga erishganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, Anas ibn Molik roziyallohu anhu :

«Abu Tolha Madiynada ansoriylar ichida eng boy odam edi. Molu mulkining ichida «Haa» nomli quduq eng mahbubi edi. Bu quduq masjidning toʻgʻrisida edi. Paygʻambar alayhissolatu vassalom u quduqqa borib, shirin suvidan ichardilar. «Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmaysiz», oyati nozil boʻlganda, Abu Tolha:

«Ey, Allohning Rasuli, Alloh «Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmaysiz», demoqda, molu mulkim ichida men uchun eng mahbubi «Haa» qudugʻidir. Uni Allohning yoʻlida sadaqa qildim. Uning yaxshiligidan va Allohning huzuridagi savobidan umidvorman. Ey, Allohning Rasuli, shuni sizga berdim, Alloh koʻrsatgan joyga ishlating»,–dedi. Paygʻambar alayhissalom:

«Yaxshi, yaxshi, bu foyda beruvchi mulk, bu foyda beruvchi mulk. Men uni qarindoshlaring foydasiga ishlatsang deyman»,–dedilar. Abu Tolha:

«Xuddi shunday qilaman, ey, Allohning Rasuli»,–dedi. Soʻngra, Abu Tolha uni qarindoshlari va amakisining oʻgʻillari foydasiga tayin qildi.

Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Hazrati Umar:

«Ey, Allohning Rasuli, mening Xaybardagi ulushimdan koʻra yaxshiroq narsam yoʻq. Nima qilishga buyurasiz?»–dedilar. U zoti bobarakot:

«Aslini ushlab turginda, tushgan foydani sadaqa qilib tur»,– dedilar.

Musulmonlar asrlar davomida Allohning roziligini tilab, yaxshi koʻrgan molu mulklarini nafaqa qilib kelganlar.

Kelasi oyatlarda yana ahli kitobning shubhalariga javoblar keladi. Hamda ularning Islomga va musulmonlarga qarshi uyushtirgan makr-hiylalari bayon qilinadi: