QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят93

۞ كُلُّ ٱلطَّعَامِ كَانَ حِلًّا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِلَّا مَا حَرَّمَ إِسْرَٰٓءِيلُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ مِن قَبْلِ أَن تُنَزَّلَ ٱلتَّوْرَىٰةُ ۗ قُلْ فَأْتُوا۟ بِٱلتَّوْرَىٰةِ فَٱتْلُوهَآ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tavrot tushishidan oldin Isroil o`ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, Tavrotni keltirib o`qinglar», deb ayt!Таврот тушишидан олдин Исроил ўзига ҳаром қилгандан бошқа ҳамма таом Бани Исроилга ҳалол эди. «Агар ростгўйлардан бўлсангиз, Тавротни келтириб ўқинглар», деб айт!Alauddin Mansour: Tavrot tushirilishidan ilgari Isroil (Yaʼqub) oʻziga harom qilgan narsa (tuyaning goʻshti bilan suti) dan boshqa barcha taomlar Bani Isroil qavmiga halol edi. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), «Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, Tavrotni keltirib oʻqib koʻringlar», deb ayting.Таврот туширилишидан илгари Исроил (Яъқуб) ўзига ҳаром қилган нарса (туянинг гўшти билан сути) дан бошқа барча таомлар Бани Исроил қавмига ҳалол эди. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), «Агар ростгўй бўлсангизлар, Тавротни келтириб ўқиб кўринглар», деб айтинг.

62-sahifa · 4-juz · 7-hizb62-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ كُلُّhammaҳаммаٱلطَّعَامِtaomтаомكَانَediэдиحِلًّۭاhalolҳалолلِّبَنِىٓfarzandlarigaфарзандларигаإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилإِلَّاmagarмагарمَاnimaikiнимаикиحَرَّمَharom qilganҳаром қилганإِسْرَٰٓءِيلُIsroilИсроилعَلَىٰ-ga-гаنَفْسِهِۦoʻzigaўзигаمِن-dan-данقَبْلِoldinолдинأَن-ishi-ишиتُنَزَّلَtushirilishiтуширилишиٱلتَّوْرَىٰةُ ۗTavrotТавротقُلْaytайтفَأْتُوا۟bas, keltiringlarбас, келтирингларبِٱلتَّوْرَىٰةِTavrotniТавротниفَٱتْلُوهَآva uni oʻqinglarва уни ўқингларإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻylardanростгўйлардан
TafsirТафсир

Maʼlumki, yahudiylar Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklariga taʼna toshini otishga doimo hoziru nozir edilar. Hamisha musulmonlar orasida fitna qoʻzib, ularning qalblarida shak-shubha uygʻotish uchun zigʻircha ham imkoniyatdan foydalanar edilar. Alloh taolo Muhammad alayhissalomning Tavrotni tasdiqlovchi ekanliklarini bayon qilgan oyatlarini tushirgandan keyin yahudiylar: «Qurʼon Tavrotni tasdiqlovchi boʻlsa, nimaga Tavrot Bani Isroilga harom qilgan taomlarni halol demoqda», degan gap tarqatishdi va bunga misol qilib tuyaning goʻshti va sutini keltirishdi. Bani Isroilga harom qilingan yana boshqa narsalarni ham Alloh musulmonlarga halol qilgan edi. Qurʼoni Karim ularni tarixiy haqiqat bilan yuzma-yuz qoʻyib:

«Tavrot tushishidan oldin Isroil oʻziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi», demoqda.

Isroil–Yaʼqub alayhissalomdirlar. Rivoyatlarda kelishicha, Yaʼqub alayhissalom ogʻir kasal boʻlib yotganlarida, agar Alloh shifo bersa, eng yaxshi koʻrgan taomlarini–tuyaning goʻshti va sutini yemaslikni nazr qilgan ekanlar. Alloh bu nazrni qabul qildi. Shuningdek, Alloh taolo Bani Isroildan sodir boʻlgan gunohlar tufayli ularga iqob suvratida baʼzi hayvonlarni hamda mol bilan qoʻyning charvisini harom qilgan edi. Holbuki, bular Tavrot tushishidan oldin Bani Isroilga halol edi.

Qurʼoni Karim ushbu haqiqatni ularning esiga solmoqda. Shu bilan birga, Paygʻambar alayhissalomga ularga qarata:

«Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Tavrotni keltirib oʻqinglar», deb ayt», deb yoʻl koʻrsatmoqda. Agar ular Tavrotni keltirib oʻqisalar, oʻsha taomlar faqat oʻzlariga harom qilingani, boshqalarga harom emasligi ayon boʻladi.