فَمَنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shundan keyin ham, kimki Alloh haqida yolg`on to`qisa, bas, ana o`shalar zolimlardir.Шундан кейин ҳам, кимки Аллоҳ ҳақида ёлғон тўқиса, бас, ана ўшалар золимлардир.Alauddin Mansour: Bas, kim mana shundan keyin ham Allohga boʻhton qilsa, ana oʻshalar zulm qilguvchilardir.Бас, ким мана шундан кейин ҳам Аллоҳга бўҳтон қилса, ана ўшалар зулм қилгувчилардир.
Yaʼni, hamma narsa ochiq-oydin bayon etib berilganidan keyin ham,
«kimki Alloh haqida yolgʻon toʻqisa, bas, ana oʻshalar zolimlardir».
Ana oʻshalar zolim boʻlmasa, kim ham zolim boʻlar edi?!
Qibla Kaʼba tomonga burilgandan soʻng, yahudiylar turli igʻvolar qoʻzigan edilar. Oʻsha igʻvolari va ularga javoblar «Baqara» surasida kelgan edi. Lekin yahudiylar haqiqatni tushunib yetgan boʻlsalar ham, baribir, yana musulmonlarning qalbiga gʻulgʻula solish maqsadida: «Nima uchun oʻn olti, oʻn yetti oy Baytul Maqdisga qarab namoz oʻqib turgan musulmonlar birdaniga Kaʼbaga qarab oʻqiydigan boʻlib qoldi?» kabi gaplarni hamon qoʻzib yurgan edilar. Kelasi oyatda Alloh taolo ularning bu igʻvolariga yana javob qaytaradi: