قُلْ صَدَقَ ٱللَّهُ ۗ فَٱتَّبِعُوا۟ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh rost aytdi. Ibrohimning yo`ldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan bo`lmagan edi.Аллоҳ рост айтди. Иброҳимнинг йўлдан тоймаган миллатига эргашинг. У мушриклардан бўлмаган эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), «Allohning soʻzi rostdir. Bas, haq yoʻldan toymagan va mushriklardan boʻlmagan Ibrohimning diniga ergashinglar!», deb ayting!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), «Аллоҳнинг сўзи ростдир. Бас, ҳақ йўлдан тоймаган ва мушриклардан бўлмаган Иброҳимнинг динига эргашинглар!», деб айтинг!
Yaʼni, qibla haqida kelgan avvalgi oyatlarni Alloh rost aytdi. Siz agar oʻzingizni Ibrohimning avlodi, merosxoʻri hisoblasangiz, gapingiz rost boʻlsa,
«Ibrohimning yoʻldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan boʻlmagan edi».
Ammo, sizlar Ibrohimga merosxoʻrlikni daʼvo qilasiz-u, lekin oʻzlaringiz shirk ham keltiryapsiz. Bu ishlaringiz Ibrohimning yoʻliga toʻgʻri kelmaydi-ku.
Soʻngra, qiblaning Kaʼbaga oʻzgartirilishi sababi bayon qilinadi.