ٱللَّهُ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, so`ngra Unga qaytarilursiz.Аллоҳ махлуқотни йўқдан бор қилур, сўнгра уни яна қайтадан вужудга келтирур, сўнгра Унга қайтарилурсиз.Alauddin Mansour: Alloh avval boshda Oʻzi yaratib, soʻngra (Qiyomat Kunida) Oʻzi yana qayta yaratur. Soʻngra (hisob-kitob qilinishi uchun) Unga qaytarilursizlar.Аллоҳ аввал бошда Ўзи яратиб, сўнгра (Қиёмат Кунида) Ўзи яна қайта яратур. Сўнгра (ҳисоб-китоб қилиниши учун) Унга қайтарилурсизлар.
Yaʼni, Alloh taolo barcha maxluqotlarni yoʻq joydan bor qilib yaratadi. Oʻlganlaridan keyin qiyomat kunida ularni yana qaytadan tiriltirib vujudga keltiradi. Tiriltirilganingizdan:
«...soʻngra Unga qaytarilursiz».
Yaʼni, Allohning Oʻziga qaytarilasiz. U zot Oʻzi bilib hisob- kitob qiladi.