QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят14

وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَتَفَرَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qiyomat qoim bo`lgan kuni, o`sha kuni (guruhlarga) bo`linurlar.Қиёмат қоим бўлган куни, ўша куни (гуруҳларга) бўлинурлар.Alauddin Mansour: (Qiyomat) soati qoyim boʻladigan kunda — ana oʻsha kunda (moʻminlar bilan kofirlar) bir-birlaridan ajralurlar.(Қиёмат) соати қойим бўладиган кунда — ана ўша кунда (мўминлар билан кофирлар) бир-бирларидан ажралурлар.

405-sahifa · 21-juz · 41-hizb405-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva oʻsha kuniва ўша куниتَقُومُqoim boʻlurқоим бўлурٱلسَّاعَةُqiyomatқиёматيَوْمَئِذٍۢoʻsha kuniўша куниيَتَفَرَّقُونَboʻlinurlarбўлинурлар
TafsirТафсир

Odamlar qiyomat kuni bir qancha guruhlarga ajraladilar. Avvalo, jannatiy va doʻzaxiylar guruhiga, soʻngra mazkur ikki guruhdan har biri yana bir qancha guruhlarga boʻlinadi. Jannatiylar hammalari bir xil darajada boʻlmaydilar. Bu dunyodagi iymonlari quvvati va qilgan amallari salmogʻiga qarab turli darajalarga sohib boʻladilar. Baʼzi guruhlar jannatning eng toʻridan joy olsalar, baʼzilari oʻrtacharoq, yana boshqalari bundoqroq holatda boʻladilar.

Shuningdek, doʻzaxiylarning badbaxtlik darajalari ham har xil boʻladi. Munofiqlar doʻzaxning eng qaʼridan joy olsalar, kofirlar yana boshqa joydan, mushriklar oʻzlariga xos yerdan joy oladilar. Ana oʻsha darajalarga qarab ular guruh-guruhlarga boʻlinadilar.