وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةً فَرِحُوا۟ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ إِذَا هُمْ يَقْنَطُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod bo`lurlar. Agar ularga o`z qo`llari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.Ва қачон одамларга раҳматни тоттирсак, ундан шод бўлурлар. Агар уларга ўз қўллари тақдим қилган нарса туфайли ёмонлик етса, дарҳол умидсизликка тушурлар.Alauddin Mansour: Qachon Biz odamlarga biron marhamat totdirsak, ular bundan quvonib keturlar. Agar ularga oʻzlari qilgan gunohlari sababli biron yomonlik yetsa, banogoh ular noumidlikka tushurlar.Қачон Биз одамларга бирон марҳамат тотдирсак, улар бундан қувониб кетурлар. Агар уларга ўзлари қилган гуноҳлари сабабли бирон ёмонлик етса, баногоҳ улар ноумидликка тушурлар.
Bu ham subutsiz insonlarning holatlaridan bir koʻrinishdir. Alloh taologa iymon vositasida mustahkam bogʻlanmagan odamlarda bunday holat boʻlishi turgan gap.
«Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod boʻlurlar.»
Oʻzlariga Alloh tomonidan bir yaxshilik yetsa, oʻta quvonib, hovliqib ketadilar. Burunlari osmonga koʻtarilib, bosar-tusarlarini bilmay qoladilar. Bunday yaxshi holat oʻzlari uchun sinov ekanini oʻylamaydilar. Shukr aytadimi yoki noshukrlik qiladimi–shuni sinash uchun berilgan boʻlishi mumkinligini xayollariga ham keltirmaydilar. Balki, manmanlikka, riyokorlikka va maqtanishga oʻtadilar. Xuddi shu odamlarning oʻzi:
«Agar ularga oʻz qoʻllari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar».
Ular, avvalo, oʻzlariga yetgan yomonlik «oʻz qoʻllari taqdim qilgan narsa», yaʼni gunoh tufayli kelganini anglab yetmaydilar. Uni oʻzlariga nisbatan oʻta adolatsizlik sifatida qabul qilib, ortiqcha mahzun boʻlib, dod-voy soladilar. Bu musiybat oʻzlariga bir nasihat, tanbeh yoki gunohlariga kafforot boʻlishi mumkinligini oʻylab ham koʻrmaydilar. Shuningdek, bu ham sinov boʻlishi mumkinligi xayollariga ham kelmaydi. Butunlay umidsizlikka tushmasdan, sabr qilib, chin ixlos bilan Allohga yolvorsalar, mushkullari kushod boʻlishi mumkinligini eslamaydilar.
Bunday odamlarning kaltafahmligi, uzoqni koʻra olmasligi sobit aqiyda sohibi emasliklarini bildiradi. Boʻlmasa: