فَٱنظُرْ إِلَىٰٓ ءَاثَـٰرِ رَحْمَتِ ٱللَّهِ كَيْفَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o`lib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot o`liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.Бас, Роббинг раҳмати асарларига назар сол. У ерни ўлиб ётганидан кейин қандай тирилтирур?! Албатта, ана шу Зот ўликларни ҳам тирилтиргувчидир ва У ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Bas, siz Allohning rahmati yomgʻirning izlariga qarang: U qanday qilib Yerni oʻlganidan keyin tiriltirdi-ya! Hech shak-shubhasiz, mana shu (Alloh) oʻliklarni ham tiriltirguvchidir. U barcha narsaga qodirdir.Бас, сиз Аллоҳнинг раҳмати ёмғирнинг изларига қаранг: У қандай қилиб Ерни ўлганидан кейин тирилтирди-я! Ҳеч шак-шубҳасиз, мана шу (Аллоҳ) ўликларни ҳам тирилтиргувчидир. У барча нарсага қодирдир.
Yaʼni, Parvardigoring rahmati boʻlmish yomgʻirning taʼsiriga nazar sol. Oʻlib yotgan yerni tiriltirdi. Oʻlik holda yotgan yerni yomgʻir ila tiriltirgan Alloh oʻlib yotgan odamlarni ham tiriltirishi hech gap emas.
«U har bir narsaga qodirdir.»