QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят51

وَلَئِنْ أَرْسَلْنَا رِيحًا فَرَأَوْهُ مُصْفَرًّا لَّظَلُّوا۟ مِنۢ بَعْدِهِۦ يَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sarg`aygan holda ko`rsalar, undan keyin, albatta, kufroni ne'mat qilishga o`tarlar.Агар Биз бир шамол юбориб, улар (экинларини) сарғайган ҳолда кўрсалар, ундан кейин, албатта, куфрони неъмат қилишга ўтарлар.Alauddin Mansour: Qasamki, agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sargʻayib-quriganini koʻrsalar, albatta ana undan keyin kufroni neʼmat qilishga tururlar.Қасамки, агар Биз бир шамол юбориб, улар (экинларини) сарғайиб-қуриганини кўрсалар, албатта ана ундан кейин куфрони неъмат қилишга турурлар.

410-sahifa · 21-juz · 41-hizb410-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنْva agarва агарأَرْسَلْنَاBiz yuborsakБиз юборсакرِيحًۭاbir shamolбир шамолفَرَأَوْهُbas, uni koʻrsalarбас, уни кўрсаларمُصْفَرًّۭاsargʻaygan holdaсарғайган ҳолдаلَّظَلُّوا۟albatta, oʻtarlarалбатта, ўтарларمِنۢ-dan-данبَعْدِهِۦundan keyinундан кейинيَكْفُرُونَkufroni neʼmat qilishgaкуфрони неъмат қилишга
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo rahmat oʻlaroq yuborgan yomgʻir izidan ekinlari oʻsib, gullab-yashnab turgan paytda Alloh yana boshqa bir issiq shamol esdirib, ekinlarini sargʻaytirib qoʻysa, Allohga va Uning qazoi qadariga ishonmaydigan kishilar noumid boʻlib, achchiqlari chiqib, kufroni neʼmat qiladilar. Chunki, ular hamma narsa Allohning tadbiri va xohishi bilan boʻlishini anglab yetmaydilar. Unday kishilarga gap-soʻzni tushuntirib ham boʻlmaydi.

Ey Paygʻambarim!