QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят52

فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْا۟ مُدْبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sen o`likka eshittira olmassan va da'vatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan.Албатта, сен ўликка эшиттира олмассан ва даъватни ортларига бурилиб кетаётган карларга эшиттира олмассан.Alauddin Mansour: Aniqki, siz «oʻliklar»ga (soʻzingizni) anglata olmassiz, orqa oʻgirib ketayotgan «kar»larga ham uqtira olmassiz.Аниқки, сиз «ўликлар»га (сўзингизни) англата олмассиз, орқа ўгириб кетаётган «кар»ларга ҳам уқтира олмассиз.

410-sahifa · 21-juz · 41-hizb410-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنَّكَbas, albatta senбас, албатта сенلَاemasэмасتُسْمِعُeshittira olursanэшиттира олурсанٱلْمَوْتَىٰoʻlikkaўликкаوَلَاva emasва эмасتُسْمِعُeshittira olursanэшиттира олурсанٱلصُّمَّkarlargaкарларгаٱلدُّعَآءَdaʼvatniдаъватниإِذَاqachonkiқачонкиوَلَّوْا۟burilibбурилибمُدْبِرِينَortlariga ketayotganортларига кетаётган
TafsirТафсир

Ushbu oyatda kofir va mushriklar oʻlikka tenglashtirilmoqda. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning gaplarini oʻliklar eshita olmaganidek, kofiru mushriklar ham eshitmaydilar. Toʻgʻrisi, eshitsalar ham, foydasi yoʻq. Eshitganidan foyda olmaslikda oʻliklar ham, bular ham barobar. Shuningdek, kofir va mushriklar ortga qarab burilib ketayotgan karquloqlarga oʻxshaydi. Oʻzi karquloq boʻlsa-da, yana biron gap eshitib qolmay, deya ortiga qarab qochgan shaxsning daʼvatdan foyda olishi ehtimoldan uzoqdir. Mushrik va kofirlarning holi ham shunga oʻxshaydi.

Ey Paygʻambarim!