وَمَآ أَنتَ بِهَـٰدِ ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَـٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَـٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ko`rlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana o`shalar musulmonlardir.Сен кўрларни гумроҳликларидан ҳидоят қилгувчи эмассан. Сен фақат Бизнинг оятларимизга иймон келтирганларгагина эшиттира олурсан. Ана ўшалар мусулмонлардир.Alauddin Mansour: Yana siz «koʻr»larni oʻz zalolatlaridan (qaytarib) hidoyat qilguvchi emassiz. Siz faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan kishilargagina (oʻz soʻzlaringizni) uqtira olursiz. Ana oʻshalar musulmonlardir.Яна сиз «кўр»ларни ўз залолатларидан (қайтариб) ҳидоят қилгувчи эмассиз. Сиз фақат Бизнинг оятларимизга иймон келтирадиган кишиларгагина (ўз сўзларингизни) уқтира олурсиз. Ана ўшалар мусулмонлардир.
Bu oyatda kofir va mushriklar koʻrlarga oʻxshatilmoqda. Koʻrning koʻzini boshqa kishi ocha olmaganidek, oʻzi toʻgʻri yoʻlga yurishni istamagan kofirlarni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham hidoyatga sola olmaydilar.
«Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan.»
Ana oʻshalar daʼvatni jon quloqlari bilan eshitadilar. Eshitganlaridan foyda oladilar.
«Ana oʻshalar musulmonlardir.»
Keyingi oyatlarda odamlar oʻzlariga qarashga va ibrat olishga daʼvat qilinadilar: