۞ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن ضَعْفٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعْدِ ضَعْفٍ قُوَّةً ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعْدِ قُوَّةٍ ضَعْفًا وَشَيْبَةً ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْقَدِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so`ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U o`ta ilmli va o`ta qudratlidir.Аллоҳ сизни заифликда яратган, сўнгра заифликдан кейин қувватли қилган, сўнгра қувватдан кейин яна заифлик ва қарилик ориз қилган Зотдир. У хоҳлаганини яратадир. У ўта илмли ва ўта қудратлидир.Alauddin Mansour: Alloh shunday Zotdirki, sizlarni nochor narsadan (yaʼni, bir tomchi suvdan) yaratdi, soʻngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, soʻngra kuch-quvvatdan keyin yana nochorlik va qarilikni paydo qildi. U Oʻzi xohlagan narsani yaratur. U bilimdon va qudratlidir.Аллоҳ шундай Зотдирки, сизларни ночор нарсадан (яъни, бир томчи сувдан) яратди, сўнгра (сизлар учун) ночорликдан кейин куч-қувват (пайдо) қилди, сўнгра куч-қувватдан кейин яна ночорлик ва қариликни пайдо қилди. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур. У билимдон ва қудратлидир.
Ey odamlar, kibrga ketib, yaratgan Xoliqingizni inkor qilishdan oldin oʻzingizga bir qarab qoʻying.
«Alloh sizni zaiflikda yaratgan...»
Hamma tomoningiz zaiflikdan iborat. Asli urugʻlaringiz «nutfa» deb atalmish bir tomchi jirkanch suvdir. U juda ham zaif narsa. Ammo Alloh Oʻz inoyati ila oʻsha zaif suvdan homila paydo qiladi. Homila ham juda zaif boʻladi. Hech narsaga qodir emas. Allohning inoyati boʻlmasa, bachadonda yotishi, vaqti-soati kelib, undan eson-omon chiqishi ham mumkin emas. Tugʻilgan chogʻida ham inson bolasi eng zaif holatda boʻladi. Uzoq yillar davomida oʻzi mustaqil ravishda biror ish qila olmaydi. Shunday zaif odamni Alloh «soʻngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan»dir. Allohdan oʻzga hech kim unga bu quvvatni bermaydi. Voyaga yetgan inson hamma jihatdan quvvatga erishadi. Lekin bu ham abadiy emas. Alloh unga:
«...quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan zotdir».
Vaqti-soati yetib inson qarib kuch-quvvatdan ketadi. Dunyo ana shunday narsa. Undagi hamma narsa oʻzgarib turadi. Bu oʻzgarishlarning hammasini Alloh taolo bajaradi.
«U xohlaganini yaratadir.»
Ha, Alloh taoloning xohlagani boʻladi.
«U oʻta ilmli va oʻta qudratlidir.»
Alloh taolo hamma narsani bilguvchi va hamma narsaga qudrati yetguvchi zotdir.