وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ وَٱلْإِيمَـٰنَ لَقَدْ لَبِثْتُمْ فِى كِتَـٰبِ ٱللَّهِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْبَعْثِ ۖ فَهَـٰذَا يَوْمُ ٱلْبَعْثِ وَلَـٰكِنَّكُمْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.Илм ва иймон берилганлар: «Батаҳқиқ, Аллоҳнинг китоби бўйича, қайта тирилиш кунигача турдингиз. Бас, бугун қайта тирилиш кунидир. Лекин сизлар билмас эдингиз», дерлар.Alauddin Mansour: (Shunda) ilm va iymon ato etilgan zotlar aytadilar: «Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib qoʻyganidek tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin sizlar (bu kunning haq ekanini) bilmas edinglar».(Шунда) илм ва иймон ато этилган зотлар айтадилар: «Аниқки, сизлар Аллоҳ (Лавҳул-Маҳфузда) ёзиб қўйганидек тирилиш кунигача турдинглар. Бас, мана шу тирилиш кунидир. Лекин сизлар (бу куннинг ҳақ эканини) билмас эдинглар».
Ilmli moʻmin bandalar jinoyatchilarning qasam ichib, yorugʻ dunyoda bir soatgina turdik, degan yolgʻon gaplarini tuzatib, haqiqatni ularning yuziga soladilar:
«Batahqiq, Allohning kitobi boʻyicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz».
Yaʼni, Alloh Oʻz kitobi–Lavhul Mahfuzda taqdir qilganidek, qiyomat kunigacha turdingiz.
«Bas, bugun qayta tirilish kunidir.»
Siz dahshatidan qoʻrqib yolgʻondan qasam ichib turgan bu kun oʻsha qayta tirilish kuni boʻlib, siz endi qayta tirilib turibsiz.