فَيَوْمَئِذٍ لَّا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَعْذِرَتُهُمْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar.Бас, бугунги кунда зулм қилганларга маъзиратлари манфаат бермас ҳамда улар итобга ҳам қайтарилмаслар.Alauddin Mansour: Ana oʻsha kunda (kofir boʻlish bilan oʻz jonlariga) jabr qilgan kimsalarga uzru bahonalari foyda bermas va ulardan (Alloh rozi boʻladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.Ана ўша кунда (кофир бўлиш билан ўз жонларига) жабр қилган кимсаларга узру баҳоналари фойда бермас ва улардан (Аллоҳ рози бўладиган амалларга) қайтиш ҳам талаб қилинмас.
Endi boʻlar ish boʻlib boʻldi. Uzr aytganlari bilan uzrlari foyda bermaydi. Qilgan gunohlarimiz uchun bizni itob qilinsa-yu, soʻngra yorugʻ dunyoga ortga qaytsak, Alloh rozi boʻladigan ishlarni qilar edik, deb yolborsalar ham, ortga qaytarilmaydilar.
Bu kun maʼzirat yoki itob kuni emas, jazo va iqob kunidir.