QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят58

وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍ ۚ وَلَئِن جِئْتَهُم بِـَٔايَةٍ لَّيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُبْطِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo`'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan o`zga emassiz», derlar.Батаҳқиқ, Биз ушбу Қуръонда одамлар учун турли мисоллар келтирдик. Аниқки, агар сен уларга мўъжиза келтирсанг ҳам, куфр келтирганлар: «Сиз ботилчилардан ўзга эмассиз», дерлар.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun har turli misollarni bayon qildik. Qasamki, agar siz (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularga (oʻzlari talab qilgan) oyat-moʻʼjizani keltirsangiz ham, albatta kofir boʻlgan kimsalar «Sizlar yolgʻonchining oʻzidirsizlar», derlar.Аниқки, Биз ушбу Қуръонда одамлар учун ҳар турли мисолларни баён қилдик. Қасамки, агар сиз (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларга (ўзлари талаб қилган) оят-мўъжизани келтирсангиз ҳам, албатта кофир бўлган кимсалар «Сизлар ёлғончининг ўзидирсизлар», дерлар.

410-sahifa · 21-juz · 41-hizb410-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқضَرَبْنَاBiz keltirdikБиз келтирдикلِلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунفِى-da-даهَـٰذَاushbuушбуٱلْقُرْءَانِQurʼondaҚуръондаمِن-dan-данكُلِّharҳарمَثَلٍۢ ۚmisolмисолوَلَئِنva aniqki, agarва аниқки, агарجِئْتَهُمularga keltirsangуларга келтирсангبِـَٔايَةٍۢoyat-moʻʼjizaоят-мўъжизаلَّيَقُولَنَّalbatta derlarалбатта дерларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganкуфр келтирганإِنْemasэмасأَنتُمْsizсизإِلَّاoʻzgaўзгаمُبْطِلُونَbotilchilardanботилчилардан
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyati karimada mahbub Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob etib, kofirlarning holini, ularning Qurʼonga, Paygʻambarlikka munosabatlarini bayon qilmoqda:

«Batahqiq, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun turli misollar keltirdik».

Kofirlar oʻsha misollardan iymon, ibodat va boshqa masalalarni tushunib olishlari oson edi. Ammo ular bu kitobning oyatlariga ham, misollariga ham, senga ham ishonmadilar.

«Aniqki, agar sen ularga moʻʼjiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan oʻzga emassiz», derlar».

Yaʼni, sen oʻzingning haq Paygʻambar ekaningga moddiy moʻʼjiza keltirsang ham, ular ishonmaydilar. Bu ham yetmaganidek, senga va musulmonlarga:

«Sizlar botilchilardan oʻzga emassiz», deydilar.