QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят6

وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Bu) Allohning va'dasidir. Alloh O`z va'dasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar.(Бу) Аллоҳнинг ваъдасидир. Аллоҳ Ўз ваъдасига хилоф қилмас. Лекин одамларнинг кўпи буни билмаслар.Alauddin Mansour: (Bu) Allohning vaʼdasidir. Alloh Oʻz vaʼdasiga xilof qilmas. Lekin koʻp odamlar bilmaslar.(Бу) Аллоҳнинг ваъдасидир. Аллоҳ Ўз ваъдасига хилоф қилмас. Лекин кўп одамлар билмаслар.

405-sahifa · 21-juz · 41-hizb405-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعْدَvaʼdasidirваъдасидирٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингلَاemasэмасيُخْلِفُxilof qilurхилоф қилурٱللَّهُAllohАллоҳوَعْدَهُۥOʻz vaʼdasigaЎз ваъдасигаوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻpiкўпиٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Alloh Oʻzi xohlagan kishisiga nusrat berishi haqidagi gap Allohning vaʼdasidir. «Alloh Oʻz vaʼdasiga xilof qilmas.» U zot Oʻz irodasi bilan vaʼda qiladi va Oʻz irodasi bilan vaʼdasini amalga oshiradi. Bunga hech kim va hech narsa toʻsiq boʻla olmaydi. «Lekin odamlarning koʻpi buni bilmaslar.» Oʻzlaricha nimanidir bilgandek boʻladilar, ammo asl mohiyatni anglab yetmaydilar.