يَعْلَمُونَ ظَـٰهِرًا مِّنَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ غَـٰفِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar.Улар бу дунё ҳаётининг зоҳирини билурлар. Ҳолбуки, улар охиратдан ғофилдирлар.Alauddin Mansour: Ular Oxiratdan gʻofil-bexabar boʻlgan hollarida faqat hayoti dunyoning zohirinigina bilurlar.Улар Охиратдан ғофил-бехабар бўлган ҳолларида фақат ҳаёти дунёнинг зоҳиринигина билурлар.
Odamlarning koʻplari bu besh kunlik dunyoning zohirini, sirtqi tarafini, yuzaki tarzda biladilar. Koʻzlariga koʻringan, qoʻllari bilan ushlaydigan yoki boshqa his etish aʼzolari va asboblari bilan sezadigan narsalarnigina, ularning ham bir qisminigina biladilar. Ular, asosan, bu dunyoga qiziqadilar.
«Holbuki, ular oxiratdan gʻofildirlar.»
Shu sababli, bu hayoti dunyoga oʻta berilib ketadilar. Uning zebziynatlariga, matohlari va shahvatlariga oʻzlarini uradilar. Butun aql-zakovot, kuch-qudrat va imkoniyatlarini shu yoʻlga sarflaydilar. Dunyo ishlarida maʼlum darajada natijaga erishsalar-da, oxirat ishlarida eng gʻofil, eng qoloq va eng notavon boʻlib qolaveradilar.
Bu toifa kishilar haqida imom Hasan al-Basriy: «Allohga qasamki, ularning baʼzilari dunyo ilmida shu darajaga yetganki, tirnogʻi bilan dirhamni chertib koʻrib, uning ogʻirligini aytib beradi, ammo namozni eplab oʻqiy olmaydi», deganlar.
Ha, hayoti dunyoning zohiriga oʻta qiziqish odamni moddaparastlik domiga tortib, maʼnaviy va ruhiy jihatdan oʻta qashshoq qilib qoʻyadi. Agar ushbu ilm meʼyorida boʻlib, iymon asosiga qurilsa, oxiratdan gʻofil qolinmasa, ayni muddao boʻlar edi.
Bunday darajaga erishish uchun esa, inson Alloh yaratgan maxluqotlar haqida chuqur tafakkur qilib koʻrmogʻi lozim: