أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِم ۗ مَّا خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ بِلِقَآئِ رَبِّهِمْ لَكَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, ular, o`zlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib ko`rmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan ko`plari Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir.Ахир, улар, ўзларича, Аллоҳ осмонлару ерни ва улар орасидаги нарсаларни фақат ҳақ билан ва маълум муддатга яратганини тафаккур қилиб кўрмасларми?! Ҳақиқатан, одамлардан кўплари Роббиларига рўбарў бўлишни инкор қилгувчилардир.Alauddin Mansour: Axir ular oʻzlaricha Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (qonun) va belgilangan muddat bilan yaratganini (demak oʻsha muddat bitgach, dunyo tugab, Oxirat boshlanishini) tafakkur qilib koʻrmadilarmi?! Darhaqiqat, bu odamlardan koʻpchilik qayta tirilib, Parvardigorlariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchidirlar.Ахир улар ўзларича Аллоҳ осмонлар ва Ерни ҳамда улар орасидаги бор нарсани фақат ҳақ (қонун) ва белгиланган муддат билан яратганини (демак ўша муддат битгач, дунё тугаб, Охират бошланишини) тафаккур қилиб кўрмадиларми?! Дарҳақиқат, бу одамлардан кўпчилик қайта тирилиб, Парвардигорларига рўбарў бўлишни инкор қилгувчидирлар.
Insonning aql ishlatiladigan narsalar haqida oʻylashi «tafakkur» deyiladi. Oyatda odamlarning tafakkur yuritmasliklaridan ajablanish bor. Har bir inson osmonlaru yer va ular orasidagi maxluqotlar haqida chuqur tafakkur qilmogʻi lozim. Bu narsalarni yaratishdan maqsad nima? Ularni kim yaratgan? Albatta, oyatda aytilganidek, yaratguvchi Alloh taolodir. Alloh hikmatsiz bir ish qilmasligi maʼlum va mashhur. Alloh taolo koʻzga koʻrinmas hujayralarni ham yaratib qoʻygan. Ularning har birida oʻziga yarasha hikmat bor. Demak:
«...Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va maʼlum muddatga yaratganligini...» har bir inson tushunib yetishi lozim.
«Haqiqatan, odamlardan koʻplari Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir.»
Shu sababli, boshlariga musiybatlar keltiradigan ishlarga oʻzlarini uradilar.