QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят9

أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا۟ ٱلْأَرْضَ وَعَمَرُوهَآ أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari ko`proq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan ko`ra ko`proq obod qilgan edilar. Va ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar.Ер юзида юриб, ўзларидан олдингиларнинг оқибати қандай бўлганига назар солмасларми?! Уларнинг булардан қувватлари кўпроқ эди ва ерга ишлов бериб, уни булар обод қилгандан кўра кўпроқ обод қилган эдилар. Ва уларга Пайғамбарлари очиқ-ойдин(оят)лар билан келдилар. Аллоҳ уларга зулм қилмас эди, лекин улар ўзларига зулм қилардилар.Alauddin Mansour: Axir ular Yer yuzida sayru sayohat etishib, oʻzlaridan avvalgi paygʻambarlarni yolgʻonchi qilib iymonsiz (ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi?! Oʻsha (halok boʻlgan kimsalar) bulardan (yaʼni, Makka kofirlaridan) koʻra kuchli-quvvatliroq boʻlgan va (oʻz) yerlarini bular obod qilganidan koʻra koʻproq haydab (yaʼni, ekinzorlarga aylantirib), obod qilgan edilar-ku! Ularga ham oʻz paygʻambarlari aniq-ravshan hujjatlar keltirganlarida, (u paygʻambarlarni yolgʻonchi qilishgach, halok boʻldilar). Bas, Alloh ularga zulm qilguvchi boʻlmadi, lekin ular (Haq yoʻliga yurishdan bosh tortishlari bilan) oʻzlariga zulm qilguvchi boʻldilar.Ахир улар Ер юзида сайру саёҳат этишиб, ўзларидан аввалги пайғамбарларни ёлғончи қилиб иймонсиз (кетган) кимсаларнинг оқибатлари қандай бўлганини кўрсалар бўлмайдими?! Ўша (ҳалок бўлган кимсалар) булардан (яъни, Макка кофирларидан) кўра кучли-қувватлироқ бўлган ва (ўз) ерларини булар обод қилганидан кўра кўпроқ ҳайдаб (яъни, экинзорларга айлантириб), обод қилган эдилар-ку! Уларга ҳам ўз пайғамбарлари аниқ-равшан ҳужжатлар келтирганларида, (у пайғамбарларни ёлғончи қилишгач, ҳалок бўлдилар). Бас, Аллоҳ уларга зулм қилгувчи бўлмади, лекин улар (Ҳақ йўлига юришдан бош тортишлари билан) ўзларига зулм қилгувчи бўлдилар.

405-sahifa · 21-juz · 41-hizb405-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَلَمْaxir ...mi?!ахир ...ми?!يَسِيرُوا۟yurmaydilarmiюрмайдилармиفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаفَيَنظُرُوا۟va nazar solmaydilarmiва назар солмайдилармиكَيْفَqandayқандайكَانَboʻlganбўлганعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингمِن-dan-данقَبْلِهِمْ ۚoʻzlaridan oldingiўзларидан олдингиكَانُوٓا۟ular edilarулар эдиларأَشَدَّkuchliroqкучлироқمِنْهُمْbulardanбуларданقُوَّةًۭquvvat jihatidanқувват жиҳатиданوَأَثَارُوا۟va ishlov berdilarва ишлов бердиларٱلْأَرْضَyergaергаوَعَمَرُوهَآva uni obod qildilarва уни обод қилдиларأَكْثَرَkoʻproqкўпроқمِمَّاundan koʻraундан кўраعَمَرُوهَاbular obod qilganidanбулар обод қилганиданوَجَآءَتْهُمْva ularga keldilarва уларга келдиларرُسُلُهُمPaygʻambarlariПайғамбарлариبِٱلْبَيِّنَـٰتِ ۖochiq-oydin hujjatlar bilanочиқ-ойдин ҳужжатлар биланفَمَاbas, emasбас, эмасكَانَediэдиٱللَّهُAllohАллоҳلِيَظْلِمَهُمْularga zulm qilguvchiуларга зулм қилгувчиوَلَـٰكِنlekinлекинكَانُوٓا۟ular edilarулар эдиларأَنفُسَهُمْoʻzlarigaўзларигаيَظْلِمُونَzulm qiladiganзулм қиладиган
TafsirТафсир

Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilayotgan kofiru mushriklar:

«Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaslarmi?!»

Ana shunda oʻtmishdagi kofir va mushriklar nima oqibatga duchor boʻlganlarini yaqqol koʻrar edilar. Holbuki, oʻsha oldingilar hozirgilardan yaxshiroq holatda edilar.

«Ularning bulardan quvvatlari koʻproq edi...»

Qadimda oʻtgan kofirlar hozirgi kofirlardan koʻra koʻproq kuch- quvvatga ega edilar. Ammo oqibatlari yomon boʻldi. Ularga nisbatan zaif boʻlgan hozirgi kofirlarning oqibati nima boʻlar edi?

«...va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan koʻra koʻproq obod qilgan edilar.»

Avvalgi kofirlar obodonchilik masalasida ham hozirgi kofirlardan ustun edilar. Ular yerga koʻproq ishlov berganlar. Dehqonchilikni juda ham rivojlantirganlar. Shuningdek, yerdan turli maʼdanlarni chiqarish va boshqa obodonchilik ishlarini taraqqiy ettirganlar. Ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan davr kofirlaridan koʻra koʻproq obod qilganlar. Shunday vaziyatda:

«...ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar».

Ularni Allohning ibodatiga, tavhid aqiydasiga daʼvat qildilar. Agar ular Paygʻambarlar daʼvatiga labbay deb javob berganlarida, iymonga kelganlarida:

«Alloh ularga zulm qilmas edi...»

Hammalari baxtu saodatga erishar edilar. Ular, aksincha, kofir boʻldilar va:

«...ular oʻzlariga zulm qilardilar».