خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا ۖ وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍ ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, siz ko`rib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga og`ir tog`larni tashlagan va u(er)da har turli jonivorlarni taratib qo`ygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(er yuzi)da turli go`zal va karamli juftlarni o`stirib qo`ydik.У, сиз кўриб турганингиздек, осмонларни устунсиз яратган, сизларни тебратмаслиги учун ер юзига оғир тоғларни ташлаган ва у(ер)да ҳар турли жониворларни таратиб қўйган Зотдир. Ва осмондан сув тушириб, у билан у(ер юзи)да турли гўзал ва карамли жуфтларни ўстириб қўйдик.Alauddin Mansour: U osmonlarni sizlar koʻradigan ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun Yerda togʻlarni barpo qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib-yoyib yubordi. Yana Biz osmondan suv-yomgʻir yogʻdirib, (yerda) har turli foydali (oʻsimliklarni) oʻstirib qoʻydik.У осмонларни сизлар кўрадиган устунларсиз яратиб, сизларни тебратмаслиги учун Ерда тоғларни барпо қилди ва унда ҳар турли жондор(лар)ни тарқатиб-ёйиб юборди. Яна Биз осмондан сув-ёмғир ёғдириб, (ерда) ҳар турли фойдали (ўсимликларни) ўстириб қўйдик.
Ushbu oyati karimada inson doimo muloqotda boʻladigan, doimo koʻrib turadigan, ammo ular Allohning qudratiga, hikmatiga dalil ekaniga eʼtibor qilmaydigan mavjudotlarga diqqat jalb etilmoqda.
«U, siz koʻrib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan...»
(Ushbu jumlaning «U osmonni siz koʻradigan ustunsiz yaratgan», degan maʼnosi ham bor.)
Darhaqiqat, inson doim boshi ustidagi osmonni koʻrib turadi. Inson boshi ustida koʻradigan hamma binoning ustuni, tayanchi bor. Ammo binolarning eng ulkani, eng bepoyoni boʻlmish osmonlarning ustuni yoʻq. Hajmini idrok etib boʻlmaydigan bu moviy gumbazni birorta ustunsiz koʻtarib qoʻyish–yaratish faqat cheksiz izzat, qudrat va hikmat sohibi Alloh taologa xosdir. U zot yana:
«...sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga ogʻir togʻlarni tashlagan».
Inson togʻlarni salobat ramzi deb biladi. Oyatda yer odamlarni tebratmasligi uchun togʻlar yaratilgani aytilmoqda. Lekin bu maʼno oʻziga xos uslub bilan aytilmoqda: «yaratgan» deyilmasdan, «tashlab qoʻyilgan» deyilmoqda. Shu nozik farq ham Allohning cheksiz qudratiga ishoradir. Dunyodagi eng salobatli, eng viqorli, eng ogʻir boʻlib koʻringan togʻlarni, xuddi arzimagan narsa kabi, «tashlab qoʻygan» deb aytilmoqda. Ogʻir togʻlar yerda muvozanatni saqlab turishini ilm yaqinda tushunib yetdi. Alloh taolo oʻn besh asr muqaddam Oʻz kitobida aytib qoʻygan hikmatni inson ilmi endigina angladi. Bu togʻlarni Allohdan boshqa kim yaratadi?
«...va u(yer)da har turli jonivorlarni taratib qoʻygan zotdir.»
Yer yuzida qanchadan-qancha jonivorlar boʻlgan, hozirda ham bor. Odam bolasi ularning baʼzilarini biladi, xolos. Oʻsha bilganlarini olib koʻradigan boʻlsa ham, ularning har birida Alloh taoloning qudratiga va hikmatiga yorqin dalillar topiladi. Ushbu haqiqatni anglab yetgan odam iymon keltirmay iloji yoʻq. Alloh taoloning qudratiga tan bermay iloji yoʻq. Alloh taoloning hikmatiga tan bermay iloji yoʻq.
«Va osmondan suv tushirib, u bilan u(yer yuzi)da turli goʻzal va karamli juftlarni oʻstirib qoʻydik.»
Inson doimo koʻrib turadigan, doimo ehtiyoji tushib turadigan narsalardan biri suvdir. Ammo har kim ham suv haqida chuqurroq fikr yuritavermaydi. Suv qayerdan paydo boʻlgan? Ushbu oyatda aytilishicha, u osmondan tushirilgan. Xoh dengizdagi suv boʻlsin, xoh daryodagi yo koʻldagi va yoki buloqdagi, hamma-hammasi osmondan tushgandir. Bu ishlar Alloh taoloning cheksiz qudrati va hikmati ila boʻlgandir.
Yer yuzidagi oʻsimliklar ham doimo inson koʻz oʻngida oʻsib, rivojlanib turadi. Ularning turlari, shakllari, rivojlanishlari va boshqa-boshqa xossalari hammasi Alloh taoloning cheksiz qudrati va hikmatiga yorqin dalildir.
Oyatda «oʻsimliklarni oʻstirib qoʻydik», deyilmasdan, «karamli (goʻzal va foydali) juftlarni oʻstirib qoʻydik», deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, oʻsimliklardagi goʻzallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft boʻlishi ham bildirib qoʻyilyapti. Allohning kitobida oʻn besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir oʻsimlikda erkak va urgʻochi xoʻjayralar boʻlib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil boʻlishi endi tushunib yetildi. Oʻsimliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.