QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят11

هَـٰذَا خَلْقُ ٱللَّهِ فَأَرُونِى مَاذَا خَلَقَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ بَلِ ٱلظَّـٰلِمُونَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, Allohning yaratganidir. Qani Menga ko`rsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yo`q! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.Бу, Аллоҳнинг яратганидир. Қани Менга кўрсатинг-чи, Ундан бошқалар нимани яратдилар. Йўқ! Золимлар очиқ-ойдин адашувдадирлар.Alauddin Mansour: Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi (ey mushriklar,) sizlar Menga Undan oʻzga «xudolar» nimalarni yaratganini koʻrsatinglar-chi! Yoʻq, (ular biron narsani koʻrsata olmaslar, demak) u zolim kimsalar ochiq zalolatdadirlar.Булар Аллоҳ яратган нарсалардир. Энди (эй мушриклар,) сизлар Менга Ундан ўзга «худолар» нималарни яратганини кўрсатинглар-чи! Йўқ, (улар бирон нарсани кўрсата олмаслар, демак) у золим кимсалар очиқ залолатдадирлар.

411-sahifa · 21-juz · 41-hizb411-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَـٰذَاbuбуخَلْقُyaratganidirяратганидирٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَأَرُونِىbas, menga koʻrsatingбас, менга кўрсатингمَاذَاnimaniниманиخَلَقَyaratdilarяратдиларٱلَّذِينَularуларمِن-dan-данدُونِهِۦ ۚUndan boshqaУндан бошқаبَلِyoʻq!йўқ!ٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимларفِى-da-даضَلَـٰلٍۢadashuvадашувمُّبِينٍۢochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqoridagi oyatda zikri oʻtgan mavjudotlarni Alloh taolo yaratgandir. Xudo boʻlgani uchun shularni yaratgan. Sizlar, ey, mushriklar, Allohdan boshqa yana xudolar bor, deyapsizmi? Agar ular siz aytganingizdek xudo boʻlsa, qani ayting-chi, ular nimani yoʻqdan bor qilib yaratganlar? Ular yaratgan narsalarni koʻrsatinglar-chi!

«Yoʻq! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.»

Yoʻq, u soxta xudolar hech narsani yarata olmaslar. Allohga shirk keltirish ila katta zulm qilgan mushriklar ochiq-oydin adashuvdadirlar.

Keyingi oyatlarda mushriklarning eʼtiqodi hikmatdan yiroq ekani hikmat berilgan zot Luqmoni Hakim tilidan bayon qilinadi: