وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا لُقْمَـٰنَ ٱلْحِكْمَةَ أَنِ ٱشْكُرْ لِلَّهِ ۚ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ حَمِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik.Батаҳқиқ, Биз Луқмонга: «Аллоҳга шукр қил. Ким шукр қилса, ўзи учун қиладир. Ким ношукрлик қилса, бас, албатта, Аллоҳ беҳожат ва мақталган Зотдир», деб ҳикматни бердик.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): «Allohga shukr qilgin! Kim shukr qilsa, faqat oʻz foydasi uchun shukr qilur (yaʼni, qilgan shukrining foydasi oʻziga boʻlur). Kim noshukurlik qilsa, bas, albatta Alloh (uning va barcha olamlarning shukr qilishidan) behojat va hamdu sanoga loyiq Zotdir».Аниқки, Биз Луқмонга ҳикмат ато этдик (ва унга дедик): «Аллоҳга шукр қилгин! Ким шукр қилса, фақат ўз фойдаси учун шукр қилур (яъни, қилган шукрининг фойдаси ўзига бўлур). Ким ношукурлик қилса, бас, албатта Аллоҳ (унинг ва барча оламларнинг шукр қилишидан) беҳожат ва ҳамду санога лойиқ Зотдир».
«Hikmat», aslida, har bir narsani yaxshilab oʻz joyiga qoʻyish, degan maʼnoni beradi. Shu boisdan ham, har bir gapni toʻgʻri soʻzlash va har bir ishni toʻgʻri bajarishga «hikmat» deyiladi. Alloh taolo hazrati Luqmonga ana shunday neʼmatni ato qilganini ushbu oyatda bildirmoqda.
«Batahqiq, Biz Luqmonga:»
U kishining ismlariga «hakim» laqabi qoʻshilib zikr qilinishi sababi ham shundan. Baʼzi kishilar bu hikmat sohibi boʻlgan zotni Paygʻambar deb ham aytishgan. Ammo aksar ulamolarimiz, jumladan, koʻpgina tafsirchilarimiz, hazrati Luqmon Paygʻambar emas, hakim boʻlgan, deydilar. Chunki, Paygʻambarlarning zikri kelgan Qurʼon oyatlarida bu kishining ismlari kelmagan. Shuningdek, u kishining Paygʻambar boʻlganlari haqida Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham hech bir xabar bermaganlar.
«Allohga shukr qil.»
«Shukr» soʻzi lugʻatda neʼmat beruvchiga maqtov aytmoq va neʼmatni neʼmat berguvchi rozi boʻladigan ravishda ishlatmoqqa nisbatan ishlatiladi. Allohga shukr qilish–U zotning bergan neʼmatlariga (neʼmatlarining haddi-hisobi yoʻq) qurbi yetganicha minnatdorchilik bildirish va oʻsha neʼmatlarni Alloh rozi boʻladigan ravishda ishlatishdir. Buning uchun iymon keltirib, Allohga ibodat qilib yashash kerak. Shunday qilgan odam foyda topadi.
«Kim shukr qilsa, oʻzi uchun qiladir.»
Allohga iymon keltirgan, Unga ibodat qilgan odam faqat oʻzi uchun foyda oladi. Ikki dunyo saodatiga erishadi.
«Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan zotdir.»
Noshukr boʻlgan banda faqat oʻziga zarar qiladi. Chunki, uning noshukrligidan Allohga zarar yetmaydi. Uning shukriga Alloh taolo muhtoj ham emas. Alloh taolo aslida behojat zotdir. Hech bir narsaga, jumladan, bandalarining shukr qilishiga ham hojati yoʻqdir. Shuningdek, Alloh taoloning hamdu sano va maqtovlarga ham hojati yoʻq. U Oʻzi aslida maqtalgan zotdir.