خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular unda abadiy qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Va U Aziyz va Hakiymdir.Улар унда абадий қолурлар. Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Ва У Азийз ва Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: Ular u joyda mangu qolurlar. (Bu) Allohning haq vaʼdasidir. U qudrat va hikmat Egasidir.Улар у жойда мангу қолурлар. (Бу) Аллоҳнинг ҳақ ваъдасидир. У қудрат ва ҳикмат Эгасидир.
Eʼtibor beradigan boʻlsak, qachon mukofot, jannat va boshqa neʼmatlar vaʼda qilinar ekan, iymon bilan birga, yaxshi amallar ham albatta zikr etiladi. Shundan solih amallar haqiqiy iymonning uzviy bir parchasi ekanini bilib olsak ham boʻladi. Ushbu maqomda ham noz-neʼmat jannatlariga erishish uchun iymon va yaxshi amal lozim ekanligi uqtirilmoqda.
«Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, oʻshalarga neʼmat jannatlari bordir.»
Jannatga erishganlar u yerda vaqtinchalik emas, balki abadiy qoladilar. Ha,
«Ular unda abadiy qolurlar».
Bu gap shunchaki gap emas. Bu–Allohning vaʼdasidir.
«Allohning vaʼdasi haqdir.»
Albatta, roʻyobga chiqadi. Roʻyobga chiqmay qolmaydi. Shuning uchun, insonlar hech bir ikkilanishsiz iymon keltirib, yaxshi amal qilishi lozim. Alloh vaʼdasining ustidan chiqadi.
«Va U aziz va hakiymdir.»
Alloh har bir ishga qodirdir. Alloh har bir ishni hikmat bilan qiladi. Bu haqiqatni kelgusi oyatlarda zikr qilinadigan misollardan ham bilib olish mumkin: