QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят8

إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ جَنَّـٰتُ ٱلنَّعِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, o`shalarga ne'mat jannatlari bordir.Албатта, иймон келтириб, яхши амаллар қилганларга, ўшаларга неъмат жаннатлари бордир.Alauddin Mansour: Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun noz-neʼmat bogʻlari bordir.Албатта иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар учун ноз-неъмат боғлари бордир.

411-sahifa · 21-juz · 41-hizb411-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarяхши амалларلَهُمْulargaуларгаجَنَّـٰتُjannatlari bordirжаннатлари бордирٱلنَّعِيمِneʼmatнеъмат
TafsirТафсир

Eʼtibor beradigan boʻlsak, qachon mukofot, jannat va boshqa neʼmatlar vaʼda qilinar ekan, iymon bilan birga, yaxshi amallar ham albatta zikr etiladi. Shundan solih amallar haqiqiy iymonning uzviy bir parchasi ekanini bilib olsak ham boʻladi. Ushbu maqomda ham noz-neʼmat jannatlariga erishish uchun iymon va yaxshi amal lozim ekanligi uqtirilmoqda.

«Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, oʻshalarga neʼmat jannatlari bordir.»

Jannatga erishganlar u yerda vaqtinchalik emas, balki abadiy qoladilar. Ha,

«Ular unda abadiy qolurlar».

Bu gap shunchaki gap emas. Bu–Allohning vaʼdasidir.

«Allohning vaʼdasi haqdir.»

Albatta, roʻyobga chiqadi. Roʻyobga chiqmay qolmaydi. Shuning uchun, insonlar hech bir ikkilanishsiz iymon keltirib, yaxshi amal qilishi lozim. Alloh vaʼdasining ustidan chiqadi.

«Va U aziz va hakiymdir.»

Alloh har bir ishga qodirdir. Alloh har bir ishni hikmat bilan qiladi. Bu haqiqatni kelgusi oyatlarda zikr qilinadigan misollardan ham bilib olish mumkin: