وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ وَهْنًا عَلَىٰ وَهْنٍ وَفِصَـٰلُهُۥ فِى عَامَيْنِ أَنِ ٱشْكُرْ لِى وَلِوَٰلِدَيْكَ إِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko`tardi.Биз инсонга ота-онаси ҳақида тавсия қилдик: онаси уни заифлик устига заифлик билан кўтарди.Alauddin Mansour: Biz insonga ota-onasini (yaʼni, ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador boʻldi (yaʼni, qornidagi homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflasha borur) uni (koʻkrakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki), «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolgʻiz Oʻzimga qaytajaksan!»Биз инсонга ота-онасини (яъни, уларга яхшилик қилишни) амр этдик. Онаси унга ожизлик устига ожизлик билан ҳомиладор бўлди (яъни, қорнидаги ҳомила каттарган сари онанинг ҳоли қуриб, заифлаша борур) уни (кўкракдан) ажратиш (муддати) икки йилда (келур). (Биз инсонга буюрдикки), «Сен Менга ва ота-онангга шукр қилгин! Ёлғиз Ўзимга қайтажаксан!»
Qurʼoni Karimda farzandlarga ota-onani hurmat qilish, ularni eʼzozlash haqida qayta-qayta nasihat beriladi. Chunki, ota-onaning haqqini Islom yuqori qoʻyadi. Bu mavzudagi oyatlar oʻrni bilan oʻrganildi va yana oʻrganiladi. Ushbu oyatda esa, ota-onani hurmat qilish har bir farzand uchun Allohning amri ekanligi bayon etilmoqda.
«Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik...»
Tavsiya, koʻpchilik tushunganidek, ixtiyoriy ish emas. Balki, Allohning amridir. Oʻsha amr nimadan iborat ekanini aytishdan oldin ota-onani hurmat qilishning sababi aytib oʻtiladi.
«Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtardi.»
Yaʼni, homiladorlik paytida onasi uni qornida zaifhol boʻlib koʻtaradi. Borgan sari zaiflik ustiga zaiflik ortib boradi. Bu hol bola tugʻilgunicha davom etadi.
«Uni sutdan ajratish ikki yildadir.»
Yaʼni, qornida zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtargan ona bolasini keyin yana ikki yil davomida emizadi.
Ulamolarimiz sharʼiy emizish muddati ikki yil ekani haqidagi hukmni shu jumladan olganlar. Bola ikki yoshga yetgunicha biror ayolni emsa, sut orqali nasab sobit boʻladi. Hamda oʻsha emizishga bogʻliq hukmlar joriy qilinadi. Misol uchun, uni emizgan ayol unga emizukli ona, uning eri ota, bolalari aka-uka, opa-singil boʻladilar. Mahramlik va nikoh masalalaridagi hukmlar ham shunga muvofiq kuchga kiradi.
Xullas, ona ham homiladorlik davrida, ham emizish davrida bola tufayli katta qiyinchiliklarni boshidan oʻtkazadi. Shuning uchun ham, farzandda onaning haqqi otanikidan koʻp boʻladi.
Oyatning davomida tavsiyaning nimadan iborat ekanligi aytiladi:
«Menga va ota-onaga shukr qilgin».
Ey, inson farzandi, avvalo Menga–yaratgan Robbingga, keyin ota-onangga–sening dunyoga kelishingga sabab boʻlgan zotlarga shukr qilgin. Bu ishlar sening eng oliy burchingdir.
«Va qaytish faqat Mengadir.»
Bilib qoʻy, ana oʻsha qaytish boʻlganida, bu haqda Oʻzim hisob- kitob qilaman.