وَإِن جَـٰهَدَاكَ عَلَىٰٓ أَن تُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا ۖ وَصَاحِبْهُمَا فِى ٱلدُّنْيَا مَعْرُوفًا ۖ وَٱتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَىَّ ۚ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ikkovlari seni o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo`rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yo`nalganlarning yo`liga ergash. So`ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.Агар икковлари сени ўзинг билмаган нарсани Менга ширк келтиришга зўрласалар, бас, уларга итоат этма! Ва дунё-да икковларига яхшилик қил ҳамда Менга йўналганларнинг йўлига эргаш. Сўнгра қайтишингиз фақат Менгадир. Бас, Мен сизга нима амал қилганингиз хабарини берурман.Alauddin Mansour: Agar ular (yaʼni, ota-onang) seni oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zoʻrlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir boʻlsalar-da), dunyoda yaxshi muomalada boʻlgin va oʻzing menga ijobat-tavba qilgan kishilarning yoʻliga ergashgin! Soʻngra (yaʼni, Qiyomat Kunida) Oʻzimga qaytursizlar, bas, men sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berurman».Агар улар (яъни, ота-онанг) сени ўзинг билмаган нарсаларни Менга шерик қилишга зўрласалар, у ҳолда уларга итоат этма! Уларга (гарчи кофир бўлсалар-да), дунёда яхши муомалада бўлгин ва ўзинг менга ижобат-тавба қилган кишиларнинг йўлига эргашгин! Сўнгра (яъни, Қиёмат Кунида) Ўзимга қайтурсизлар, бас, мен сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берурман».
Ha, ota-onaning farzandda haqqi koʻp. Farzandlari ularni har qancha eʼzozlasa, ularga har qancha shukr qilsa, itoat etsa, oz. Ammo Alloh taoloning haqqi undan ham yuqori. Chunki, ota-ona farzandning dunyoga kelishiga, unib-oʻsishiga sababchi boʻlsalar, Alloh taolo haqiqiy yaratguvchi va rizq berguvchidir. Shuning uchun, Alloh taoloning haqqi ota-onaning haqqidan ustundir. Bu oyatda ana shu haqiqat bayon etilmoqda.
«Agar ikkovlari seni oʻzing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zoʻrlasalar, bas, ularga itoat etma!»
Agar ota-ona oʻz qadrini oʻzi tushirsa, ota-onalik burchini ado etish, Luqmoni Hakim kabi, bolasini shirkdan qaytarish oʻrniga, uni nomaʼlum narsani Alloh taologa shirk keltirishga zoʻrlasalar, notoʻgʻri qiladilar. Unda farzand ularga itoat etmaydi. Bu masalada ota- onaga itoat etilmaganidan keyin, ulardan boshqasiga itoat etmaslik turgan gap. Moʻmin-musulmon kimsa nafaqat Allohga shirk keltirishda, balki umuman U zotga maʼsiyat ishlarda hech kimga itoat etmaydi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Xoliqqa maʼsiyat boʻladigan ishda maxluqqa itoat etilmas», deganlar.
Lekin bu degani, boshqa eʼtiqodda boʻlgani uchun ota-onangdan butunlay voz kech, degani emas.
«Va dunyoda ikkovlariga yaxshilik qil...»
Musulmon farzand kofir ota-onasiga eʼtiqod, dinu diyonat masalasida itoat etmagani bilan, ularga shirin muomalada boʻladi, dunyoviy ehtiyojlarini qondiradi. Ushbu oyati karimalar nozil boʻlmagan vaqtlarda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Saʼd ibn Abu Vaqqos, Saʼd ibn Molik kabi ota-onasi mushrik boʻlgan sahobiylarga otaonalarini hurmat etishni, ularga yaxshilik qilishni buyurganlar.
«...hamda Menga yoʻnalganlarning yoʻliga ergash.»
Yaʼni, mening yoʻlimni tutgan moʻmin-musulmonlarning izidan yur.
«Soʻngra qaytishingiz faqat Mengadir.»
Mendan boshqaga emas. Qiyomatda hammangiz menga qaytasiz.
«Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.»
Va har kim qilgan yaxshi amaliga yarasha mukofot, noshukr boʻlganlar nonkoʻrligiga yarasha jazolarini oladilar.
Luqmoni Hakimning oʻgʻliga qilayotgan nasihati orasida kelgan ikki oyatli bu «chekinishdan» soʻng gap mavzusi yana u kishining oʻgʻliga berayotgan oʻgitlariga qaytadi: