يَـٰبُنَىَّ إِنَّهَآ إِن تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ فَتَكُن فِى صَخْرَةٍ أَوْ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ أَوْ فِى ٱلْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey o`g`ilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urug`icha bo`lsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda bo`lsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh o`ta lutfli va o`ta xabardor Zotdir.»«Эй ўғилчам, албатта, у (амал) агар ачитқининг бир дона уруғича бўлса-ю, у бир қоя тош ичида ёки осмонларда ёхуд ерда бўлса ҳам, Аллоҳ уни келтирур. Албатта, Аллоҳ ўта лутфли ва ўта хабардор Зотдир.»Alauddin Mansour: (Luqmon dedi): «Ey oʻgʻilcham, shak-shubha yoʻqki, agar xardal (oʻsimligining) urugʻidek (bir zarra yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) boʻlsa, bas, u (amal) biron xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida boʻlsa, oʻshani-da Alloh keltirur. Zero, Alloh sergak va ogohdir.(Луқмон деди): «Эй ўғилчам, шак-шубҳа йўқки, агар хардал (ўсимлигининг) уруғидек (бир зарра яхши ёки ёмон амал қилинадиган) бўлса, бас, у (амал) бирон харсанг тош ичида ё осмонларда ёки ер остида бўлса, ўшани-да Аллоҳ келтирур. Зеро, Аллоҳ сергак ва огоҳдир.
Ushbu oyatda oxiratda Alloh taolo bandalariga qilgan amallarining xabarini berishi qay darajada boʻlishi bayon etilmoqda. Qiyomatda hisob-kitob qanchalik darajada aniq va daqiq boʻlishi sifatlanmoqda. Bu bayon hazrati Luqmoni Hakimning oʻgʻliga qilayotgan pand-nasihati orasida kelmoqda.
«Ey oʻgʻilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urugʻicha boʻlsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda boʻlsa ham, Alloh uni keltirur.»
Ushbu jumlada insonning bu dunyoda qilgan amali, yaxshiligi yoki yomonligi, agar achitqi oʻsimligi urugʻining donichalik boʻlsa ham, eʼtiborsiz qoldirilmasdan, olib kelinishi taʼkidlanmoqda. Maʼlumki, achitqi urugʻi juda kichkina bir narsadir. U shunchalar kichikki, hatto qoʻlga olish ham qiyin. Ammo qiyomat kuni oʻsha oʻta kichik hajmdagi achitqi urugʻidek amal katta xarsang qoya ichida yoʻqolib ketgan yoxud yer yuzining biror joyida tushib qolgan boʻlsa ham, Alloh taolo topib kelib, bandaning hisob-kitobiga qoʻshar ekan.
«Albatta, Alloh oʻta lutfli va oʻta xabardor zotdir.»
U zot oʻta lutfli boʻlganidan ham, eng mayda narsalarni-da biladi, oʻta xabardor boʻlganidan, eng kichik amallardan-da xabardor. Shuning uchun, banda gʻofil boʻlmasligi lozim. Alloh taolo uning har bir ishini bilib, xabardor boʻlib turganini hisobga olib, amal qilsin.
Hazrati Luqmoni Hakim oʻgʻlini shirkdan qaytarib, tavhidga yoʻllab, oxirat hisob-kitobidan ogoh qilganidan keyin, Allohga iymon keltirgan, oxiratdan umid etgan har bir moʻmin-musulmon qilishi lozim boʻlgan quyidagi amallarga buyuradi: