QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят17

يَـٰبُنَىَّ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ وَأْمُرْ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱنْهَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَآ أَصَابَكَ ۖ إِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey o`g`ilcham, namozni to`kis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va o`zingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»«Эй ўғилчам, намозни тўкис адо қил, яхшиликка буюриб, ёмонликдан қайтар ва ўзингга етган мусийбатга сабр қил. Албатта, булар азм этилажак ишлардандир.»Alauddin Mansour: Ey oʻgʻilcham, namozni toʻkis ado et, yaxshilikka buyur va yomonliqdan qaytar hamda oʻzingga yetgan (balolarga) sabr-qil! Albatta mana shu ishlarning maqsadga muvofigʻidir.Эй ўғилчам, намозни тўкис адо эт, яхшиликка буюр ва ёмонлиқдан қайтар ҳамда ўзингга етган (балоларга) сабр-қил! Албатта мана шу ишларнинг мақсадга мувофиғидир.

412-sahifa · 21-juz · 41-hizb412-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰبُنَىَّey oʻgʻilchamэй ўғилчамأَقِمِtoʻkis ado qilтўкис адо қилٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَأْمُرْva buyurва буюрبِٱلْمَعْرُوفِyaxshilikkaяхшиликкаوَٱنْهَva qaytarва қайтарعَنِ-dan-данٱلْمُنكَرِyomonlikёмонликوَٱصْبِرْva sabr qilва сабр қилعَلَىٰustigaустигаمَآnarsaнарсаأَصَابَكَ ۖsenga yetganсенга етганإِنَّalbattaалбаттаذَٰلِكَbuбуمِنْ-dandir-дандирعَزْمِazm etilajakазм этилажакٱلْأُمُورِishlarишлар
TafsirТафсир

Allohga iymon keltirib, oxiratdan umidvor har bir odam ado etishi lozim boʻlgan ishlar shulardir:

«Ey oʻgʻilcham, namozni toʻkis ado qil».

Namozsiz qayerga ham borib boʻlardi? Namozsiz nima ham qilib boʻlardi? Shuning uchun ham, zaruriy amallar orasidan birinchi boʻlib namoz tilga olinmoqda.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida:

«Namoz dinning ustunidir», deyilgan.

Ha, ustunsiz imorat boʻlmaydi. Namoz insonning tili bilan aytib, dili bilan tasdiqlagan iymonining alomatlaridan biridir. Namozni toʻkis ado etgan odam boshqalarni amri maʼruf, nahyi munkar qilish haqqiga erishadi.

«...yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar...»

Bu amal ham Allohga iymon keltirib, oxiratdan umidvor boʻlgan har bir inson uchun namoz kabi farzdir. Moʻmin-musulmon odam insonlarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarish majburiyatidadir. Albatta, bu oson ish emas. Uning ulugʻligiga yarasha qiyinchiligi va mashaqqatlari ham bor. Amri maʼruf va nahyi munkar qilgan odam hammaga ham yoqavermaydi. Tinimsiz qarshilikka uchraydi. Odamlardan ozorlar yetadi. Shunday hol roʻy bersa:

«...oʻzingga yetgan musiybatga sabr qil».

Sabr qilmasang, ish bitmaydi.

Sahobalardan Umayr ibn Habib roziyallohu anhu oʻgʻillariga qilgan vasiyatlarida, jumladan, quyidagilarni aytgan ekanlar:

«Qaysi biringiz amri maʼruf va nahyi munkar qilmoqchi boʻlsa, avvalo musiybatlarga hozirlansin va Alloh taolodan savob kelishiga ishonsin. Chunki, kimning Allohdan savob kelishiga qatʼiy qanoati boʻlsa, oʻziga yetgan aziyatni sezmas».

«Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»

Yuqorida zikr qilingan ishlar azmu qaror bilan ado etilishi lozim boʻlgan ahamiyatli ishlardir. Shuning uchun ham, ularni ado etishda sabr kerak boʻladi.