QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят18

وَلَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Odamlardan takabbur-la yuz o`girma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.»«Одамлардан такаббур-ла юз ўгирма ва ер юзида кибр-ҳаво ила юрма. Албатта, Аллоҳ ҳеч бир мутакаббир ва мақтанчоқни севмас.»Alauddin Mansour: Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni oʻgirmagin va Yerda kibru-havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas.Одамлардан (мутакаббирлик билан) юзингни ўгирмагин ва Ерда кибру-ҳаво билан юрмагин. Чунки Аллоҳ барча кибр-ҳаволи, мақтанчоқ кимсаларни суймас.

412-sahifa · 21-juz · 41-hizb412-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتُصَعِّرْtakabburla burib olтакаббурла буриб олخَدَّكَyuzingniюзингниلِلنَّاسِodamlardanодамларданوَلَاva emasва эмасتَمْشِyurюрفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиمَرَحًا ۖkibr-havo ilaкибр-ҳаво илаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيُحِبُّsevarсеварكُلَّhar birҳар бирمُخْتَالٍۢmutakabbirniмутакаббирниفَخُورٍۢmaqtanchoqniмақтанчоқни
TafsirТафсир

Biz «yuz oʻgirma» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «tusoʼir» deb kelgan. Bu maʼno, aslida, tuyada uchraydigan bir kasallikka nisbatan ishlatilar ekan. Oʻsha kasallikka mubtalo boʻlgan tuya doimo boshini pastdan yuqoriga harakatlantirib, yonboshga siltab turar ekan. Mutakabbirlik bilan burnini jiyirib, yuzini odamlardan oʻgiradigan kishilar ana oʻsha kasal tuyaga oʻxshatilmoqda.

«Odamlardan takabbur-la yuz oʻgirma.»

Ha, musulmon kishi uchun odamlarni kamsitish, ularni past sanash juda yomon illat. Hatto yurish-turishda ham kibru havodan, takabburlikdan saqlanish kerak.

«...va yer yuzida kibr-havo ila yurma.»

Bu juda yomon narsa. Boshqalarga kibr ogʻir botadi. Eng muhimi:

«Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan naql qilingan rivoyatda:

«Kimning qalbida zarracha mutakabbirlik boʻlsa, Alloh uni doʻzaxga yuztuban tashlaydi», deyilgan.

Shuningdek, ibn Abu Laylo rivoyat qilgan hadisda:

«Kim kiyimini koʻz-koʻz qilib, maqtanchoqlik ila sudrab yursa, Alloh taolo unga nazar solmaydi», deyilgan.