QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят19

وَٱقْصِدْ فِى مَشْيِكَ وَٱغْضُضْ مِن صَوْتِكَ ۚ إِنَّ أَنكَرَ ٱلْأَصْوَٰتِ لَصَوْتُ ٱلْحَمِيرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Yurishingda mo`'tadil bo`l va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir.»«Юришингда мўътадил бўл ва овозингни пасайтир. Чунки, овозларнинг энг ёмони эшакнинг овозидир.»Alauddin Mansour: Yurganingda oʻrtacha yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki ovozlarning eng yomoni eshaklar ovozidir».Юрганингда ўртача юргин ва овозингни паст қилгин. Чунки овозларнинг энг ёмони эшаклар овозидир».

412-sahifa · 21-juz · 41-hizb412-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱقْصِدْva moʻʼtadil boʻlва мўътадил бўлفِى-da-даمَشْيِكَyurishingюришингوَٱغْضُضْva pasaytirва пасайтирمِن-dan-данصَوْتِكَ ۚovozingовозингإِنَّalbattaалбаттаأَنكَرَeng yomoniэнг ёмониٱلْأَصْوَٰتِovozlarningовозларнингلَصَوْتُalbatta, ovozidirалбатта, овозидирٱلْحَمِيرِeshaklarningэшакларнинг
TafsirТафсир

Yaʼni, yurishing oʻrtacha va maqsadli boʻlsin. Bekorchi soxta harakatlar bilan kuch-quvvatni isrof qilib, kibru havo bilan ham yurma, juda lapashang boʻlib, sudralma ham.

«...va ovozingni pasaytir.»

Hangrab, hammayoqni boshingga koʻtarma. Baqir-chaqir qilish yomon narsa. Bilib qoʻy:

«...ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir».

Eshak bekordan-bekorga bor ovozi bilan hangrab turadi. Hech bir sababsiz baland koʻtarilgan ovozning eshaknikiga oʻxshatilishining oʻzi yetarli. Oyatda bu ovoz eng yomon ekanligi ham taʼkidlanmoqda.

Yurish-turish va oʻzini jamiyatda qanday tutish borasidagi oliy misol Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlaridir. Ul zot shahdam qadamlar bilan moʻʼtadil yurganlar va ovozlarini baland koʻtarmay, dona-dona gapirganlar.

Shu yerda hazrati Luqmonning oʻgʻliga qilgan pand-nasihati tamom boʻladi. Keyingi oyatlarda Alloh taolo maxluqotlarga, jumladan, insonlarga qanday neʼmatlar ato etganini zikr qiladi va ularni oʻsha neʼmatlarni tanishga, ularga shukr etishga chaqiradi: