QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят20

أَلَمْ تَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُۥ ظَـٰهِرَةً وَبَاطِنَةً ۗ وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَـٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَـٰبٍ مُّنِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bo`la turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.Аллоҳ сизларга осмонлардаги нарсаларни ва ердаги нарсаларни беминнат хизматкор қилиб қўйганини ва сизга зоҳирий ва ботиний неъматларни мукаммал қилиб берганини билмадингизми?! Одамлар орасида илмсиз, ҳидоятсиз ва равшан китобсиз (бўла туриб) Аллоҳ ҳақида тортишадиганлари ҳам бор.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga boʻysundirib qoʻyganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (yaʼni, moddiy-maʼnaviy) neʼmatlarini komil qilib berganini koʻrmadinglarmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular oʻzlari bilmagan, hidoyat topmagan va yorqin kitob-hujjatga ega boʻlmagan hollarida Alloh xususida mujodala qilurlar.(Эй инсонлар), Аллоҳ осмонлар ва Ердаги барча нарсаларни сизларга бўйсундириб қўйганини ва сизларга барча зоҳирий ва ботиний (яъни, моддий-маънавий) неъматларини комил қилиб берганини кўрмадингларми?! Одамлар орасида шундай кимсалар ҳам борки, улар ўзлари билмаган, ҳидоят топмаган ва ёрқин китоб-ҳужжатга эга бўлмаган ҳолларида Аллоҳ хусусида мужодала қилурлар.

413-sahifa · 21-juz · 41-hizb413-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَوْا۟koʻrdingizкўрдингизأَنَّ-ki-киٱللَّهَAllohАллоҳسَخَّرَbeminnat xizmatkor qilib qoʻydiбеминнат хизматкор қилиб қўйдиلَكُمsizlargaсизларгаمَّاnarsalarniнарсаларниفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarniва нарсаларниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyerерوَأَسْبَغَva mukammal qilib berdiва мукаммал қилиб бердиعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаنِعَمَهُۥneʼmatlariniнеъматлариниظَـٰهِرَةًۭzohiriyзоҳирийوَبَاطِنَةًۭ ۗva botiniyва ботинийوَمِنَva -danва -данٱلنَّاسِodamlarодамларمَنkimsa borкимса борيُجَـٰدِلُtortishadiganтортишадиганفِىhaqidaҳақидаٱللَّهِAllohАллоҳبِغَيْرِ-siz-сизعِلْمٍۢilmилмوَلَاva emasва эмасهُدًۭىhidoyatҳидоятوَلَاva emasва эмасكِتَـٰبٍۢkitobкитобمُّنِيرٍۢyorituvchiёритувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo insonlarga osmondagi barcha narsalarni beminnat xizmatkor qilib qoʻygan. Osmonlarda nimaiki mavjud boʻlsa: havomi, quyoshmi, oymi, yulduzmi, yomgʻirmi, qormi, qushmi yoki boshqa narsalarmi, hech biri hech narsa talab qilmasdan, inson uchun xizmat qiladi. Bu beminnat xizmatlarning koʻpini inson bilmaydi ham. Agar oʻsha xizmatlardan birortasiga haq soʻralganida edi, misol uchun, quyosh taratayotgan tekin nur pullik qilib qoʻyilganida edi, inson oʻzi uchun Alloh qanchalar neʼmatlarini beminnat ato etganini, ularning qiymati qanchalik baland ekanini anglab yetgan boʻlar edi. Lekin Alloh bunday qilmadi, insonga aql berdi, aql bilan bu neʼmatni tanisin, dedi. Paygʻambarlar yubordi, ular odamlarga Allohning beminnat neʼmatlarini tanitib, shukr qilishga chaqirdilar. Kitoblar nozil qildi, ular ham odamlarga mazkur xizmatlarni bayon etdi. Mana, ilohiy kitoblarning oxirgisi boʻlmish Qurʼoni Karim ham insonlarni Allohning neʼmatlariga shukr qilishga daʼvat etib turibdi.

Shuningdek, Alloh taolo yerdagi mavjudotlarni ham inson uchun beminnat xizmatkor qilib qoʻygan. Yerning oʻzi ham, undagi barcha jamodot, nabotot, hayvonot ham inson uchun beminnat xizmatkordir, Allohning unga koʻrsatgan marhamatidir.

«...va sizga zohiriy va botiniy neʼmatlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?!»

Ha, Alloh taoloning insonga ato etgan neʼmatlari juda koʻp, ularning zohiriysi (oshkorasi) ham bor, botiniysi (pinhonasi) ham bor. Baʼzilarini insonning oʻzi bilib, his qiladi. Baʼzilarini esa, bilmaydi, his ham qilmaydi. Inson Alloh bergan neʼmatlar bilan tirik, oʻsha neʼmatlar bilan kun koʻradi. Shuning uchun ham, oʻsha neʼmatlarni unga ato etgan Alloh taologa iymon keltirib, Unga ibodat qilib yashamogʻi lozim. Bu uning burchi. Shundagina inson oʻziga berilgan neʼmatlarga shukr qilgan boʻladi.

Lekin, afsuski, odamlarning orasida bu neʼmatlarni bilmaydiganlari ham bor.

«Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz(boʻla turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.»

Baʼzi odamlar oʻzlarida haqiqatni isbot qiluvchi ilm boʻlmasa ham, Alloh haqida tortishaveradilar. Toʻgʻri yoʻlga boshlovchi hidoyatchilari boʻlmasa ham, Alloh xususida bahslashaveradilar. Turli boʻlmagʻur fikrlarni aytadilar. Unga kufr keltiradilar. Unga shirk keltiradilar.